Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 15:00 Ulsan Xyonde 0-1 Kavasaki Frontale
18/09 17:00 Bangkok Yunayted 4-2 Tampines Rovers
18/09 17:00 Li Man 0-2 Tep Han Nam Din
18/09 17:00 Shangxay Port 2-2 Johor Dorul Ta'zim
18/09 17:30 Angola 2-7 Ukraina
18/09 17:30 Liviya 1-4 Qozog‘iston
18/09 19:00 Mohun Bagan 0-0 Ravshan
18/09 20:00 Argentina 2-1 Afg‘oniston
18/09 20:00 Ispaniya 7-1 Yangi Zelandiya
18/09 21:00 Al-Vakra 0-3 Traktor
18/09 21:00 Xolidiya 2-3 At-Ta'vun
18/09 21:00 Kuvayt SK 0-0 Nasaf
18/09 21:00 Shabab al-Ahli 3-1 Al-Hussayn
18/09 21:45 Bolonya 0-0 Shaxtyor
18/09 21:45 Sparta 3-0 Zalsburg
18/09 22:00 Betis 2-1 Xetafe
18/09 23:00 Al-Quva al-Javiya 2-1 Oltin Asr
18/09 23:59 Seltik 5-1 Slovan
18/09 23:59 Bryugge 0-3 Borussiya D
18/09 23:59 Manchester Siti 0-0 Inter
18/09 23:59 PSJ 1-0 Jirona
19/09 21:45 Feyenoord - Bayer
19/09 21:45 Srvena Zvezda - Benfika
19/09 22:00 Leganes - Atletik Bilbao
19/09 23:59 Monako - Barselona
19/09 23:59 Atalanta - Arsenal
19/09 23:59 Atletiko - RB Leypsig
19/09 23:59 Brest - Shturm
20/09 21:30 Kalyari - Empoli
20/09 23:45 Verona - Torino
21/09 00:00 Alaves - Sevilya

Karles Puyol O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishga tayyor!

Karles Puyol O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishga tayyor!

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Avvalroq, Kataloniya “Barselona” klubining sobiq futbolchisi Karles Puyol O‘zbekistonga yetib kelgani va uni bir qancha muxlislari kutib olgani haqida xabar bergandik.

O‘z vaqtida Ispaniya terma jamoasi va “Barselona” safida faoliyat olib borgan Karles Puyol ishtirokida bugun, 9 noyabr kuni “Hyatt Regency” mehmonxonasining “Samarqand” zalida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Sobiq futbolchi matbuot anjumanida kelajakda O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishi mumkinligi va O‘zbekistonning 2022 yildagi jahon chempionatida ishtirok etishidan umidvor ekanligini bildirib o‘tdi.

“...Afsuski, O‘zbekiston terma jamoasi Rossiya mundialidan qolib ketgan bo‘lsada, mamlakatingizdagi yoshlarga berilayotgan e’tibor tufayli 2022 yilgi jahon chempionatida ishtirok eta olasiz, deb o‘ylayman.

O‘zbekiston terma jamoasini boshqaramanmi? Endi 40 yoshga kiraman. Hozircha menda murabbiylik lisenziyasi yo‘q.

O‘zimni murabbiy sifatida ish boshlashim haqida hali bir qarorga kelmadim.  Lekin kelajakda murabbiylik faoliyatimni boshlasam, balki O‘zbekiston terma jamoasini ham boshqarishim mumkin.

Buni vaqt ko‘rsatadi, hozircha bir nima deya olmayman”, deydi Karles Puyol matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, Puyolning tashrifi FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan uyushtirilayotgan bo‘lib, bu orqali FIFA prezidenti O‘zbekiston futbol federasiyasi tomonidan O‘zbekistonda futbolni yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan katta hajmdagi chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash va  futbolning ommaviyligini oshirishga hissa qo‘shishni maqsad qilgan.

Karles Puyol tashrifi davomida O‘zbeistondagi futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilari uchun master-klasslar o‘tkazib beradi.

Shuningdek, Oliy liga 28-tur doirasida bo‘lib o‘tadigan “Paxtakor” va “Olmaliq” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni bevosita “Paxtakor” stadionidan turib tomosha qilib boradi. O‘yin bugun, 9 noyabr kuni soat 17:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda O‘zbekiston terma jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev tayinlangan.

O‘zbekiston futbol federasiyasi terma jamoani doimiy boshqarishi uchun faqatgina xorijdan murabbiy olib kelinishini ma’lum qilgandi.

O‘zbekiston terma jamoasi joriy yilning 14 noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi safarda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Terma jamoa ustozi Ro‘ziqul Berdiyev mazkur o‘yinda legioner futbolchilar xizmatidan foydalanmaslikka qaror qilib, Oliy liga jamoalaridan 23 nafar futbolchini jalb etgan.

BAA milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini 14 noyabr kuni Al-Ayn shahridagi “Xalifa Bin Zayd” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

Akmalxon Eshonxonov

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 10:39, 10.11.2017.
O'qildi: 19314 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.