«Manchester Yunayted» klubi Islandiya va Chexiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinini kuzatish uchun o‘z skautlarini yubordi. Kuzatuvchi mutaxassis 8 noyabr kuni Reykyavik shahriga bordi, ammo o‘yin Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tdi.
"Qizil iblislar" yuqoridagi o‘rtoqlik o‘yini Osiyo qit’asiga ko‘chirilganidan o‘z vaqtida xabardor bo‘lishmagani uchun shunday xatoga yo‘l qo‘yishdi.