“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Ander Errera La Ligaga o‘tishi mumkin. Futbolchiga “Atletiko” qiziqish bildiryapti.
Madrid klubi Errera bilan shartnoma imzolash niyatida. “Matraschilar” bu ishni yozda amalga oshirishmoqchi.
Errera “Manchester Yunayted”ning yangi shartnoma imzolash borasidagi taklifini rad etdi. Biroq klubda Errera bilan shartnomani yana bir yilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri cho‘zdirish imkoni mavjud.
Errera yangi mavsumda 9 ta o‘yinda maydonga tushdi.