Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Janluiji Buffon: «Ishoning, hammasi zo‘r bo‘ladi!»

Janluiji Buffon: «Ishoning, hammasi zo‘r bo‘ladi!»

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluijji Buffon Shvesiyaga uchralgan mag‘lubiyat (0:1) dan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

39 yoshli darvozabon Italiya termasi oldida jahon chempionatiga chiqish imkoniyatlari yo‘qolmaganiga ishonch bildirishini ta’kidladi.

“...Mag‘lub bo‘lganimizni yaxshi tushunib turibman, lekin bizda vaziyatni yaxshilash uchun yana oldimizda 90 daqiqa bor.

Terma jamoa o‘yinlaridagi birinchi qonun, o‘zini yaxshi tuta olish, mag‘lubiyatni unutib oldinga qadam tashlash hisoblanadi. O‘yin davomida ko‘plab qoida buzilishlari kuzatildi.

Raqobatlarga boy o‘yin bo‘ldi. Jamoadoshlarim maydonda qiynalib qolishganini tan olaman. Ustiga-ustak hakam o‘yinni angliyacha uslubda boshqarib bordi.

Hakam ko‘p vaziyatlarda o‘ynash uchun imkoniyat berdi. Umid qilamanki, hakamlar javob o‘yinida boshqacharoq qarorlar qabul qilishadi.

Dushanba kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinda o‘zimizga ishonishimiz zarur, aks holda Italiya jahon chempionatini umid qilmasa ham bo‘ladi.

Birinchi o‘yindan kerakli xulosa chiqardik. Biz mag‘lubiyat sabablarini o‘rganib chiqamiz va Shvesiyaga qarshi munosib kurashamiz.

Italiya “San-Siro” stadionidagi to‘lib toshgan muxlislarning ko‘z oldida boshqacha o‘yin namoyish etadi.

Mag‘lubiyatni unutib, qo‘llarimizni pastga tushurmasligimiz kerak. Oldimizdagi 90 daqiqaning har soniyasini qadrlaymiz va kerakli bo‘lgan g‘alabaga erishib, muxlislarimiz va shaxsiy orzularimizni amalga oshiramiz. Ishoning, hammasi zo‘r bo‘ladi!”, deydi Buffon.

Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi bugun, 11 noyabr kuni JCH–2018 musobaqasining o‘tish o‘yini doirasida safarda Shvesiyaga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygani haqida xabar bergandik.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 10:11, 12.11.2017.
O'qildi: 2664 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик