Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Alyans-Arena»ning sirlari

«Alyans-Arena»ning sirlari

Baho:
+ | -

“Bavariya” nafaqat Germaniya va Yevropa, balki butun dunyoda ham barqaror, kuchli va boy klublardan biri hisoblanadi. Bu darajaga erishishda, albatta, klub marketing bo‘limining xizmati katta. Quyida “Bavariya” va uning uy stadioni bo‘lmish “Alyans-Arena” haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Bundesligada stadionlarga o‘rtacha 42 mingga yaqin tomoshabin kirsa, “Alyans-Arena” doim to‘la bo‘ladi – 71000 tomoshabin.

Ichki chempionat o‘yinlari uchun chiptalar narxi raqibning mavqei va o‘yinchilarning qiziqishidan kelib chiqqan holda ikki toifaga bo‘linadi. “A” toifadagi chiptalar 30-70 yevro, “B” toifadagi chiptalar 20-60 yevrodan sotiladi.

Chiptalar qimmatligi borasida “Bavariya” o‘rta o‘rinlardan birini egallaydi. Oddiygina “Gamburg”ning uy stadioniga chipta narxi “Bavariya”nikiga nisbatan qimmatroq.

Bunga sabab esa quyidagicha: 35 mingta chipta mavsumiy abonement sifatida mavsum boshidayoq sotib bo‘linadi. Har bir uchrashuvda stadiondagi o‘rinlarning 10 foizi mehmon jamoa ishqibozlari uchun ajratiladi. Bundan tashqari, homiy tashkilotlar uchun ham har bir o‘yin uchun chiptalar ajratiladi. Oqibatda sotuvga oz miqdorda chipta qoladi. O‘rtahol aholi ham futbol ko‘rishdan bebahra qolmasligi uchun chiptalar arzon narxda sotuvga chiqariladi.

Lekin vip-hududlar chiptalari narxi o‘ta qimmat bo‘lib, bu borada “Bavariya” Bundesligada birinchi o‘rinda turadi. 

Stadionda 106ta korporativ loja bo‘lib, ularning eng qimmati bir mavsum uchun 450 ming, eng arzoni 250 ming yevro turadi. Lojalarni ijaraga olish bo‘yicha shartnoma kamida besh yilga tuziladi. 

Shuningdek, stadionda 5000ga yaqin vip-o‘rindiqlar ham bo‘lib, ularning bir martalik narxi 400 yevrodan boshlanadi. Loja va vip-o‘rindiqlardagi tomoshabinlar uchun bepul taom va ichimliklar, klub do‘konida chegirmalar, avtomobil turargohidan avtomobil uchun joy beriladi. 

Stadion oldidagi avtoturargohga 15 mingta mashina sig‘ishi mumkin. Turargohdagi har bir avtomobil uchun 10 yevrodan haq olinadi.

“Alyans-Arena”dagi “Bavariya” do‘koni o‘yin o‘tkaziladigan kunlari yarim million yevrogacha daromad keltirishi mumkin. Myunxenda klubning to‘qqizta do‘koni faoliyat ko‘rsatadi.

Klub o‘tgan mavsumda 16,5 million yevro sof daromad ko‘rgan. “Bavariya” 22 yildan buyon faqat daromad topayotgan dunyodagi yagona klubdir.

Manba: www.xabardor.uz
Kiritildi: 18:37, 12.11.2017.
O'qildi: 5267 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.