Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Hoshimbek Shokirov: «Mehnatlarimiz sarobga aylandi»

Hoshimbek Shokirov: «Mehnatlarimiz sarobga aylandi»

Baho:
+ | -

Noyabrning ilk kuni birinchi ligada mavsumga yakun yasaldi. Muddatidan avval elita yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Quvasoyning «Sementchi» klubi Urganchda «Xorazm»ni mag‘lub (2:0) etdi.

Abdumalik Hakimov shogird­lari 85 ochko bilan chempionatning kichik oltin medallariga ega chiqishdi. Farg‘ona viloyatining ikkinchi jamoasi «Istiqlol» esa o‘z maydonida «G‘allaorol»dan 6:1 hisobida ustun keldi.

Ushbu yutuq sabab «Istiqlol» 73 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egalladi. 72 ochkoga ega Usmon Toshev boshchiligidagi «Andijon» kuchli uchlikka yakun yasadi.

Afsuski, PFL chiqargan qarorga ko‘ra, birinchi liganing ikkinchi jamoasi oliy ligaga chiqolmaydi. Biz so‘nggi tur uchrashuvidan so‘ng «Istiqlol» klubi to‘purari, joriy mavsum 15ta gol urishga erishgan hujumkor yarim himoyachi Hoshimbek Shokirovdan intervyu oldik.

U «G‘allaorol»ga qarshi kechgan o‘yinda «dubl» qayd etdi.

- Hoshimbek, jamoa mavsumning so‘nggi o‘yinida yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi. Federasiyaning qaroridan so‘ng futbolchilar tushkun holatga tushib qolmagani tahsinga loyiq. Shunday emasmi?

- To‘g‘ri, bu ham oliy liga, ham birinchi liga jamoalari uchun kutilmagan qaror bo‘ldi. Albatta, biz futbolchilar, murabbiylar va klub rahbarlarining qo‘lidan hech narsa kelmaydi, qarorni o‘zgartira olmaymiz.

Taqdirga tan berib, mavsumning so‘nggi uchrashuvida muxlislarimiz uchun eng chiroyli o‘yinimizni namoyish etishga intildik. O‘ylaymanki, bu ishning uddasidan chiqdik. Tushkun holat bo‘lishi mumkin, lekin biz buni sezdirmaslikka harakat qildik.

Ochig‘i, federasiyaning qaroridan ranjidik. Baribir, har qanday holatda ham so‘nggi uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz shart edi. Boisi, uch ochko olmasak, «Andijon»ning turnir jadvalida bizdan o‘zib ketishiga zamin yaratardik.

Qolaversa, mavsumning oxirgi o‘yinini o‘z muxlislarimiz ko‘z o‘ngida o‘tkazdik. Ularga bayram ulashishni maqsad qilgandik va bunga erishdik, deb o‘ylayman. O‘zimga kelsak, bu mavsumda 15ta gol urishni uddaladim.

Sof hujumchi bo‘lmagan futbolchi uchun bu yomon natija emas, menimcha. Qolaversa, jarohatim sabab chempionatning 5ta o‘yinida maydonga tusha olmadim. Aks holda, gollarim soni yanada ko‘payarmidi?!

«G‘alla-orol»ga qarshi kechgan o‘yinda raqib darvozasini 2 marta ishg‘ol qildim. Ulardan birini jarima to‘pidan so‘ng kiritdim. Yana bir golni penaltidan urdim.

Kelasi mavsum qaysi jamoa tarkibida o‘ynashimdan qat’iy nazar, to‘purarlik salohiyatimni oshirishga harakat qilaman. O‘z oldimga hozirdanoq shunday maqsad qo‘ydim.

- Federasiyaning qarorini jamoadagilar qanday qabul qilishdi? Mavzu bo‘yicha muhokama o‘tkazildimi?

- Menimcha, buni hech kim kutmagandi. Yil davomida oliy liga yo‘llanmasi uchun kurash olib borsangizda, yakunda bunday to‘xtamga kelishsa, juda alam qilarkan.

Yil bo‘yi qilgan mehnatimizga achindik. Albatta, qarorni muhokama qildik. Tabiiyki, hech kim bundan xursand bo‘lgani yo‘q. Lekin haliyam umidimizni uzmadik.

- Xo‘sh, nimadan ilinj bor?

- Balki O‘FF shoshilinch qabul qilingan qarorni o‘zgartirar. Bu o‘zgarishlarni 2019 yildan amalga tatbiq etishar, degan umiddamiz. Shu tariqa barcha sport tamoyillariga rioya qilingan bo‘lardi.

- O‘zi jamoa oliy ligada o‘ynashga tayyormidi?

- Albatta. Biz kuchlilar safida kurashishga har tomonlama shay edik.

- Oliy va birinchi liga talablari orasida juda katta tafovut bor. Moliyaviy imkoniyat, stadion, klub infratuzilmasi mutlaqo boshqacha bo‘lishi kerak. «Istiqlol» ana shu talablarga javob bera oladimi?

- Shaxsiy fikrim - javob bera oladi. Sharoitlarimiz juda yaxshi.

- «Istiqlol»ning birinchi ligadagi omadli ishtirokining asosiy omillari nimada bo‘ldi?

- Eng asosiysi, yaratilgan sharoitlar ajoyib edi. Jamoamizning har bir chizig‘ida mahoratli ijrochilar jam bo‘lishgandi. Bosh murabbiyimiz Usmon Asqaraliyev raqobatbardosh jamoa shakllantira oldi. Bu mutaxassisdan juda ko‘p narsa o‘rgandik.

Muvaffaqiyatli ishtirokimizga zamin yaratgan insonlardan biri ham aynan Usmon aka bo‘ldilar. Qolaversa, klub rahbariyati oliy ligadan kam bo‘lmagan sharoitlarni yaratib berdi.

O‘z o‘rnida, biz ularning ishonchini oqladik, deb o‘ylayman. Jamoamiz muxlislari ham bu yilgi ishtirokimizdan xursand bo‘lishdi.

- Oliy ligadan kam bo‘lmagan sharoit, deganda nimani nazarda tutdingiz?

- Masalan, biz o‘ynagan stadion maydoni talabga to‘la javob beradi. Safar uchrashuvlariga 3 kun oldin yetib borib, o‘sha yerda tayyorgarlik olib boramiz.

Jamoa Isuzu rusumli shaxsiy avtobus xizmatidan foydalanadi. Tez orada «Istiqlol» yozuvi tushirilgan zamonaviy transport vositasiga ega bo‘lamiz. Nasib qilsa, kelasi mavsum ushbu avtobusdan foydalanamiz.

- Jamoaga kimlar yoki qaysi tashkilotlar yordam beryapti?

- Bosh homiy - Quvasoy ta’mir-qurilish tashkiloti. Klub rahbarlari futbolni sevishadi. Fursatdan foydalanib, bizga ko‘rsatilayotgan yordam uchun ularga minnatdorchilik bildiraman.

- Maoshlarni vaqtida olib turdinglarmi? Qarzdorlik kuzatilmadimi?

- Bu borada hech qanday muammo yo‘q. Shunday paytlar bo‘ldiki, maoshlar belgilangan kunidan oldin ham berildi. Qarzdorlik haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas.

- Sir bo‘lmasa, birinchi ligada maosh miqdori taxminan qancha? DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:08, 14.11.2017.
O'qildi: 2321 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.