Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Ventura: «G‘alaba qozonishimizga ishonchim komil edi»

Ventura: «G‘alaba qozonishimizga ishonchim komil edi»

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jampyero Ventura Shvesiyaga (0:0, 0:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashar ekan, iste’fo bergani haqidagi xabarlarni rad etdi.

“Men iste’fo berganim yo‘q, chunki hali federasiya prezidenti bilan gaplashmadim. Matbuot anjumaniga kech qolganim uchun uzr. Shu o‘rinda birga ishlagan barcha o‘yinchilarga rahmat aytmoqchiman, ularning har biridan minnatdorman.

Natija chidab bo‘lmas darajada, bugun g‘alaba qozonishimizga ishonchim komil edi. Men uzoq yillardan beri futboldaman va buning nima ekanligini bilaman.

Terma jamoaning bir bo‘lagi ekanimdan va buyuk chempionlar bilan birga ishlaganimdan faxrlanaman. Bugun terma jamoa muxlislar uchun qanday muhim ahamiyatga ega ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldim.

“San-Siro”dagi tomoshabinlarga rahmat aytaman, ular so‘nggi daqiqalargacha bizga yordam berishdi. Ularning qo‘llab-quvvatlashlari ajoyib va misli yo‘q darajada bo‘ldi. Mundialga chiqishga loyiq ekanligimiz esa ikkinchi darajada.

Iste’foga keladigan bo‘lsak, men ko‘plab jabhalarni hisobga olishim kerak. Biz rahbariyat bilan ko‘rishamiz va bu masalani muhokama qilamiz”, – deydi Ventura.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 20:46, 14.11.2017.
O'qildi: 2801 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик