Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Azamat Abduraimov: «Oliy ligada 12ta klub qolishi milliy chempionatda raqobatni kuchaytiradi»

Azamat Abduraimov: «Oliy ligada 12ta klub qolishi milliy chempionatda raqobatni kuchaytiradi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yurtimizda ko‘zga ko‘ringan futbol mutaxassislaridan biri Azamat Abduraimov, O‘zbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan yurtimizda futbolni yanada rivojlantirish, milliy chempionatimiz saviyasini oshirish va bu yo‘l orqali terma jamoalarimiz darajasini ko‘tarish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, islohotlar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Azamat Abduraimov: “Ochig‘ini tan olib aytish kerak, Oliy liga o‘yinlariga muxlislar tashrifi kutilganidek emas. Bu esa o‘z o‘zidan o‘zgarishni talab qilmoqda. Ya’ni islohotlar qilish payti keldi. Shuning uchun ham kelasi yildan Oliy liga klublari 12ta qolishi borasidagi qarorni to‘g‘ri deb o‘ylayman. Nimanidir o‘zgartirish kerak edi. Angliya yoki Ispaniya chempionatlarini kuzata turib, oldindan qanday hisob qayd etilishi mumkinligini ayta olmaysiz. Biz ham chempionatimizda shu kabi raqobat kuchli bo‘lishini va har bir turda murosasiz, qiziqarli o‘yinlar ko‘p bo‘lishini xohlaymiz. To‘g‘ri, bunday o‘zgarish birinchi marta bo‘lmoqda, lekin bu futbol rivoji uchun foydali bo‘ladi deb o‘ylayman. Chunki endi chempionatimizda kuchli jamoalar qolib, raqobat kuchayadi.

Har o‘yinda maydonda haqiqiy kurash kechsa, futbolchi ham bunga moslashadi. Shundan so‘ng u terma jamoada ham o‘z imkoniyatini to‘liq namoyish eta oladi. Faqatgina chet elda to‘p surayotgan legionerlardan umid qilib yuravermasligimiz kerak. O‘zimizning chempionatda ham shunday yetakchilarni tarbiyalashimiz zarur. Shuning uchun ham bu format futbolimiz foydasiga ishlaydi, deb umid qilaman”.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 10:43, 15.11.2017.
O'qildi: 2741 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик