«Milan» afsonasi - tennischi, «Inter» yulduzi - voleybolchi, «Barselona»niki esa - beysbolchi. Xokkeyda ham futbolchilar bo‘lgan va quyida ular haqida batafsil tanishasiz.
Lev Yashin - xokkey va chim ustida xokkey
Sobiq ittifoqda sportning ikki turi - xokkey va chim ustida xokkeyda yuzduzlikka erishganlar anchagina. Nikolay Starostin bu masalaga qiziqish bildirish bilangina cheklangan bo‘lsa, Chislenko jiddiy shug‘ullangan, Granatkin esa har ikkisida salmoqli natijalarga erishgan.
Futbol murabbiylari har safar «ikki kasb egalari»ni koyishar va ulardan sportning bir turini tanlashni talab qilishardi. Moskvaning «Dinamo» klubi o‘yinchilari sportning chim ustida xokkey turida ko‘plab sovrinlarga ega bo‘lishgani bois, «ikki kasb egasi» bo‘lib qolishni ma’qul topishardi.
Shu tariqa, yosh Lev Yashin shaybalarni ushlay boshladi, ba’zida esa koptoklarni ham - chim ustida xokkey o‘ynadi. Ammo o‘rganib qolgan xokkeyida ham ishlari yomon ketmadi - «Dinamo» sobiq ittifoq birinchiligida bronza egasi bo‘ldi, kubokni qo‘lga kiritdi, ammo Yashin borlig‘i bilan futbolga berilib ketgani uchun xokkey bo‘yicha JCH-54 «zayavka»siga kiritilmadi.
Afsus, shunday bo‘lganida u zaxira o‘yinchisi sifatida bo‘lsa-da jahon chempioniga aylanarmidi - xuddi ilk bor sobiq sovet xokkeychilari jahonda eng yaxshi bo‘lganlari kabi mundialning eng buyuk o‘yinchilaridan, hujumchilaridan biri sifatida tarixga muhrlanarmidi?
Vsevolod Bobrov - xokkey va chim ustida xokkey
Armiyachilarning afsonaviy forvardi - yuqorida aytib o‘tganimiz - eng yaxshi hujumchi, Stokgolmda o‘tgan xokkey bo‘yicha jahon chempionatida o‘z ampluasi bo‘yicha eng yaxshi, deb topildi.
So‘nggi turda - g‘olib guruh bosqichida aniqlandi, Kanada tor-mor etildi - 7:2, Chexoslovakiya mag‘lubiyatga uchratildi - 5:2, finlar - 7:1, norveglar - 7:0 ham. Terma chindanam juda kuchli edi, futbolchi Bobrov esa - jamoaning eng yaxshi xokkeychisi.
U xokkey bo‘yicha 7 karra mamlakat chempioni bo‘ldi, ikki bor - jahon, bir marta - Olimpiyada chempioni sifatida e’tirof etildi. Stokgolmdagi o‘sha tarkibda shuningdek, futbol himoyachisi - Bichkov ham bor bo‘lib, u - xokkeyda hujumchi, sportning har ikki turida forvard bo‘lgan - Shuvalov, chim ustidagi xokkeyda xavbek va himoyachi bo‘lgan Vinogradov bo‘lgandi.
Ularga yana Yashin qo‘shilganidami - xokkeyda «oltin»ga ega bo‘lgan futbolchilar jamoasi paydo bo‘lardi. Hozir esa Akinfeevni Rossiya xokkey termasi darvozaboni sifatida, Dzyubani esa klyushka bilan tasavvur qilish juda ham qiyin.
Yoxan Neeskens - beysbol
Venesuelalik, yaponiyalik yoki amerikalik futbolchilar kuchli professional beysbolchilar bo‘lib chiqishlari kutilganmidi? Gollandiya termasining hamma zamonlardagi eng buyuk o‘yinchilaridan biri, eng yaxshi bo‘lishiga adashi Kroyf halaqit qilgan inson yoshligida beysbol bo‘yicha Rimda o‘tgan Yevropa birinchiligida eng yaxshi deb topilgandi.
Keyinchalik Neeskens «Ayaks» va «Barselona» bilan futbolda 6 bor yevrokuboklarni qo‘lga kiritdi!
Simen Agdesteyn - shaxmat
Simen Norvegiya termasi safida futbolchi sifatida 8 marta maydonga tushdi, 9 mavsum davomida hujumda to‘p surdi. Ammo u shaxmatda yanada ko‘proq muvaffaqiyatlarga erishdi.
15 yoshida mamlakat chempioni bo‘ldi, keyin yana 6 marta bu muvaffaqiyatni takrorladi. 80-yillar boshlarida jahon eks-chempioni Spasskiyni ham mag‘lub etdi, Norvegiya tarixida ilk bor grossmeyster maqomiga ega bo‘ldi, shaxmat bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Karlsenni tarbiyalashga hissa qo‘shdi - «Real» fanati bo‘lgan Magnusda futbolga muhabbat mana qayerdan paydo bo‘lgan!
Klayv Allen - amerikacha futbol
Londonda tug‘ilgan hujumchi poytaxtning 7ta klubi sharafini himoya qildi - «KPR», «Arsenal», «Kristal Pelas», «Tottenxem», «Chelsi», «Vest Xem» va «Milluol».
Klayv o‘tgan asrning 80-yillarida futbol bo‘yicha Angliya termasida o‘ynadi, keyin amerikacha futbolga o‘tib, kiker - to‘pga oyog‘i bilan zarba beradigan o‘yinchiga aylandi.
To‘g‘ri, uning professional klubi «London Monaks» bir yildan keyin tarqab ketdi, ammo Allen «yo‘qolib qolmadi» - hozir u «Tottenxem»ning yoshlar jamoasini shug‘ullantiryapti.
Fabyen Bartez - avtopoyga DAVOMI