Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Jahon chempioni bo‘la olmagan 10 futbolchi

Jahon chempioni bo‘la olmagan 10 futbolchi

Baho:
+1 | -

https://images.cdn.fourfourtwo.com/sites/fourfourtwo.com/files/styles/inline-image/public/distefanopuskas.jpg?itok=q50v_P0B

Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu so‘nggi 10 yil mobaynida dunyo futboli tojiga chiqishdi. Biroq ana shunday ikki buyuk futbolchiga ham jahon chempioni bo‘lish nasib etgani yo‘q. Buyuk futbolchiga aylanib, bir qator yutuqlarga erishgan, biroq mundialda zafar qucha olmagan futbolchilar TOP-10 taligini hukmingizga taqdim etamiz.

10. Luish Figo (Portugaliya)
Jahon chempionatida ishtirok etgan: 2002, 2006
Portugaliyalik buyuk afsonalaridan biri Figo terma jamoasi bilan 4 marta jahon chempionatida ishtirok etishga muvaffaq bo‘lgan. Luish 2006 yilda jahon chempioni bo‘lish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lgandi. Biroq yarim finalda portugallardan omad yuz o‘giradi. 2000 yilgi «Oltin to‘p» sohibi Portugaliya uchun 127 o‘yinda 31 gol muallifiga aylangan.

9. Eysebio (Portugaliya)
Jahon chempionatida ishtirok etgan: 1966
Portugal afsonalaridan biri Eysebioga jahon chempionatlarida bor yo‘g‘i bir martagina ishtirok etish nasib etgan. 1966 yilgi mundialda «Qora panterra» laqabli hujumchi jamoasi bilan 4-o‘rinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Futbolchi turnir mobaynida 9 ta golga mualliflik qilib, to‘purarga ham aylandi. Eysebio Portugaliya termasi safida 64 uchrashuvda maydonga tushib, 41 ta golga mualliflik qiladi.

8. Paola Maldini (Italiya)
Jahon chempionatida ishtirok etgan: 1990, 1994, 1998, 2002
Maldini jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p daqiqa harakat qilgan futbolchi sifatida tarix sahifalaridan joy olgan. Paola 4 ta jahon birinchiligida ishtirok etib, kumush va bronza medallariga ega chiqqan. 2006-yili Italiya termasi jahon chempioni bo‘ladi. Biroq Maldini tarkibda yo‘q edi. Himoyachi Italiya termasi safida 126 o‘yinda, 7 ta gol urgan.

7. Roberto Badjo (Italiya)
Jahon chempionatida ishtirok etgan: 1990, 1994, 1998
Italiya termasi safida mundiallarda eng ko‘p gol urgan futbolchi bu Badjodir. Roberto 1994-yilgi jahon birinchiligida jamoasini finalga qadar yetaklab bordi. Biroq hal qiluvchi uchrashuvda penaltilar seriyasida 11 metrlik jarima zarbasini ko‘kka sovurib, jahon chempioni degan sharafli nomga erishishdan mosuvo bo‘ladi. Badjo «Skuadra adzurra» tarkibida 56 bellashuvda ishtirok etib, o‘z nomiga 27 ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

6. Marko van Basten (Gollandiya)
Jahon chempionatida ishtirok etgan: 1990
3 karra «Oltin to‘p» sohibi Basten jahon chempionatida bir marta ishtirok etgan. 1990 yilgi mundialda Gollandiya termasi birorta ham g‘alabaga erishmasidan musobaqa bilan xayrlashishiga to‘g‘ri kelgan. Marko Gollandiya terma jamoasi tarkibida 58 uchrashuv o‘tkazib, 24 marta raqiblari darvozalarini ishg‘ol qilgan.

Davomi>>

Kiritildi: 07:31, 17.11.2017.
O'qildi: 5720 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.