Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Nasaf" - "Paxtakor" (Prevyu)

"Nasaf" - "Paxtakor" (Prevyu)

Baho:
+ | -

Qarshida "Nasaf" bilan o‘ta muhim o‘yinda maydonga tushadigan "Paxtakor" g‘alaba qozongan taqdirda 2-o‘rin va OCHL saralash bosqichi yo‘llanmasini hal etadi. Aks holda, 30-tur va O‘zbekiston Kubogi finali natijalarini kutishga to‘g‘ri keladi.

Uchrashuvga tayyorgarlikni Shota Arveladze boshchiligidagi jamoam yuqori darajada davom ettirmoqda. Diskvalifikasiya va jarohatlar bilan bog‘liq muammolar yo‘q.

Oliy ligada klublar 41 bor to‘qnash kelishgan. "Sherlar" 23 bellashuvda zafar quchishgan. 10 durang va 8 mag‘lubiyat kuzatilgan. "Nasaf" darvozasi 59 marta ishg‘ol qilinib, 32 to‘p o‘tkazib yuborilgan. Qarshidagi uchrashuvlarda 6 g‘alaba, 7 durang va 7 mag‘lubiyat qayd etilgan.

"Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvini navoiylik hakam Zokir Qodirov boshqaradi.

Ushbu hakam oliy ligada "Paxtakor" ishtirokidagi 8 bellashuvni boshqarib borgan. Tshkentliklar ularda 6 g‘alaba, 1 durang va 1 mag‘lubiyatni qayd etgan.
Assistent hakamlar vazifasini Obid Jumayev va Ruslan Samandarov bajaradi.

"NASAF" - "PAXTAKOR"
Hakamlar: Zokir Qodirov (Navoiy), Obid Jumayev (Navoiy), Ruslan Samandarov (Navoiy), Sherzod Rajabov (Buxoro).
Nazoratchi: Alisher Abdullayev (Toshkent).
PFL vakili: Bobur Haydarov.

Yoshlar tarkiblari bellashuvi 18 noyabr, shanba kuni 14:00da "Nasaf" yoshlar jamoasi bazasida start oladi. Asosiy jamoalar to‘qnashuvi 19 noyabr, yakshanba kuni 14:00da "Qarshi Markaziy" stadionida boshlanadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 10:14, 17.11.2017.
O'qildi: 4671 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик