Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

O‘FF va Yaponiya Futbol Assosiasiyasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi

O‘FF va Yaponiya Futbol Assosiasiyasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi

Baho:
+ | -

Avval xabar berganimizdek,bugun 17 noyabr kuni O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Tokio shahrida Yaponiya Futbol Assosiasiyasi Prezidenti Tashima Kodzo bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Futbol Federasiyasi va Yaponiya Futbol Assosiyasiyasi o‘rtasidagi hamkorlik va aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ushbu kelishuvasosida har ikki mamlakatning turli yoshdagi terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazish, turli musobaqalar va mavsumiy yig‘inlarni tashkil etish, O‘FF va YAFA terma jamoalari murabbiylari o‘rtasida tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Futbol Federasiyasi va Yaponiya Futbol Assosiasiyasi murabbiylari va tibbiyot xodimlari uchun o‘quv seminarlari tashkil etish, futbol akademiyasi murabbiylari va boshqaruv xodimlari o‘rtasida bilim va tajribalarni almashish, bolalar futboli bo‘yicha murabbiylik kurslarini tashkil etish borasida ham kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari,  O‘zbekiston Futbol Federasiyasi va Yaponiya Futbol Assosiasiyasi hakamlikni rivojlantirish va tajriba almashish borasida ham hamkorlik qiladigan bo‘ldi.

“Yaponiya Futbol Assosiasiya bilan kelishuvga erishilgani o‘zbek futboli uchun juda katta foydasi tegadi, deb ishonaman. Yaponiya kabi futboli rivojlangan mamlakatlar bilan yaqin hamkorlik qilish orqali O‘zbekiston Futbol Federasiyasi xodimlarining tajribasini va malakasini oshirish maqsad qilingan”, – deydi O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov. 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 12:15, 17.11.2017.
O'qildi: 3189 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик