Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

«Nasaf» FM bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

«Nasaf» FM bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

Baho:
+ | -

Bugun “Nasaf” futbol maktabining 2001 yilda tug‘ilgan bitiruvchilariga diplomlar topshirish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zingizga ma’lum, “Nasaf” futbol maktabi 2009 yildan buyon faoliyat yuritadi. Bugunga kelib, futbol maktabimiz, mamlakatimizdagi mavjud futbol maktablari orasida yetakchi o‘rinlar qatoriga qo‘shildi.

Har yili futbol maktabimizni ko‘plab yosh futbolchilar bitirib chiqishmoqda. Ular professional futbolchi sifatida nafaqat “Nasaf” jamoasida balki yurtimizdagi ko‘plab jamolarda to‘p tepishmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, endilikda ular orasida mamlakatimizning turli yoshdagi terma jamoalari safida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan futbolchilar bor.

Bunday bitiruvchilarimizdan ayni paytda “Nasaf” klubi sharafini munosib himoya qilayotgan Bobir Abduxoliqov, Azizjon G‘aniyev, Doniyorjon Narzullayev, Sharof Muhitdinov, Sirojiddin Qo‘ziyev, Islom Rashidxonov, Umidjon Ergashev, G‘olib G‘aybullayev kabilarni misol keltirishimiz mumkin.

Birinchi liga va o‘rinbosarlarimiz jamoalari futbolchilari asosan maktabimiz tarbiyalanuvchilaridan tashkil etilgani  ham e’tiborga loyiq.

 “Nasaf” futbol maktabida Sergey Petrovich Kucherenko boshchiligdagi ustoz va murabbiylarimiz yosh futbolchilarimizga dastlabki futbol sirlarini o‘rgatish bilan birga, ularga yaxshi tarbiya ham berib kelishmoqda. Ularning mehnati va sa’y-harakatlari ham maqtovga loyiq.

Bugungi tanatanali yig‘ilishda “Nasaf” PFK bosh menedjeri SH.S. Yarulin, “Nasaf” PFK sport direktori V.N.Ni hamda “Nasaf” jamoasi bosh murabbiyi R.S.Berdiyev, futbol maktabimiz direktori Kucherenko S.P.lar ishtirok etishdi. Ular  bitiruvchilarimizni bugungi quvonchli kun bilan tabriklab, ularga diplomlar, va esjalik  sovg‘alari topshirishdi.

Marosim so‘nggida Abduvohid Ne’matov so‘zga chiqib, bitiruvchilarimiz nomidan klubimiz rahbariyatiga, maktabimizning ustoz murabbiylariga tashakkurlar bildirdi.

Shuningdek tantanali marosimda ota-onalar, futbol maktabimiz murabbiylari va tarbiyalanuvchilari ham hozir bo‘lishdi.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 17:53, 17.11.2017.
O'qildi: 2469 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик