"Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Luis Enrike 2018 yilda murabbiylik ishiga qaytmoqchi, deya xabar beradi Sport.es.
Xabarga ko‘ra, bir nechta klub 47 yoshli mutaxassis bilan aloqaga chiqqan. Enrikening o‘zi chempionlikka davogar va oilasi uchun qulay bo‘ladigan jamoani istamoqda.
Agar Angliya bo‘lsa, Enrike Liverpul yoki Manchesterni mas, Londonni tanlashi mumkin. Shuning uchun unga "Chelsi" va "Tottenhem" ma’qul. Ispaniyalik mutaxassis, shuningdek, "PSJ" yoki "Bavariya"ni ravo ko‘rmoqda.