Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

Kuchli beshlik chempionatlarining eng yaxshilari ramziy termasi

Kuchli beshlik chempionatlarining eng yaxshilari ramziy termasi

Baho:
+ | -

Kuchli beshlik chempionatlarida mavsumning endigina uchdan bir qismi yakuniga yetgan bo‘lsada, ba’zi futbolchilar bu mavsumda yuqori saviyada o‘ynayotganini isbotlamoqda. Goal nashri ayni paytda kuchli beshlik chempionatlaridagi eng yaxshi futbolchilardan ramziy terma jamoa tuzib chiqdi. Demak, tarkib bilan tanishing.

Ederson (“Manchester Siti”)

“Manchester Siti” – “Liverpul” uchrashuvida Sadio Manening zarbasini ajoyib tarzda qaytargan Ederson ishonchni oqlashda davom etmoqda. Uning darvozabonlarga unchalik xos bo‘lmagan transfer narxi (40 million yevro) moslashishiga halal bermayapti. Premyer Ligada u 11 uchrashuvda 6 gol o‘tkazib yuborgan.

Joshua Kimmix (“Bavariya”)

“Bavariya”da Anchelotti davri tugaganidan keyin, yosh germaniyalik futbolchi Robben, Levandovski va Xummels kabi muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘tgan yili faoliyatini tugatgan Filip Lamga ajoyib o‘rinbosar bo‘la olishini isbotlamoqda. Garchi bu ampluada o‘ynash uchun shakllanmagan bo‘lsada, o‘ng qanot himoyasida u hozir dunyoning eng yaxshilaridan biri, deya olamiz.

Milan Skrinyar (“Inter”)

“Neradzurrilar”ning so‘zsiz yil transferi haqida gap ketmoqda. “Inter” 2016-yilda “Sampdoriya”da porlagan slovakiyalik himoyachini qo‘shib olib tanlovda adashmadi. Qisqa vaqt ichida Miranda bilan ajoyib tandem hosil qilgan himoyachi, klubga mustahkamlik va barqarorlikni ta’minlashda katta yordam bermoqda.

Samyuel Umtiti (“Barselona”)

Kataloniyaliklar himoya chizig‘i iyerarxiyasida “Lion”ning sobiq a’zosi Pike va Maskeranolardan keyin 3 raqamli himoyachi edi. Bir yil vaqt ichida, uning maqomi sezilarli ravishda o‘zgarib ketdi. Asosiy tarkib a’zosiga aylanib olgan Umtiti o‘zining ko‘rsatayotgan o‘yinlari, ayniqsa havodagi kurashlardagi mahorati va yakkama-yakka kurashlardagi mustahkamligi bilan alohida ajralib turibdi. Valverde uchun uni bugungi kunda asosiy tarkibdan olib tashlash qiyinchilik tug‘diradi.

Aleksandr Kolarov (“Roma”)

Yozgi transferlar borasida Monchi yana bir marta tanlovda adashmadi. U serbiyalik himoyachi uchun atiga 5 million yevro sarfladi. “Manchester Siti”dagi davri tugagach, Italiya xavosi Kolarovni yana o‘ziga qaytarib oldi. Kolarov himoyadagi mustahkamlikning garovi bo‘lish bilan birga, hujumdagi jumboqlarni yechishda ham qarashmoqda. Ayniqsa, u “Chelsi”ga (1 gol va 1 golli uzatma) va “Torino”, “Atalanta”larga (2 gol) qarshi bahslarda jamoasiga katta yordam berdi.

Ngolo Kante (“Chelsi”)

Jamoaviy sportda bir o‘yinchining yo‘qotilishi jamoani beqarorlashtirmasligi kerak. Ammo Kontening “Chelsi”si uchun, Kante juda muhim o‘yinchi va usiz jamoa katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Uning “Manchester Yunayted”ga qarshi muhim o‘yinda qaytishi “Chelsi”dagi g‘alabalarni qayta boshlab yubordi. “Kann”ning sobiq a’zosi Fransiya termasi bilan Mundialda ham o‘zini ko‘rsata olishi aniq.

Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”)

Pep Gvardiolaning hujumkor mashinasini ikki arxitektor boshqarmoqda: David Silva va Kevin De Bryuyne. Ikkinchisi mavsum boshidan beri Premyer Liganing eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lib turibdi. Texnikasi o‘ta yuqori bo‘lgan belgiyalik futbolchi o‘z jamoadoshlarini hujumda ajoyib uzatmalari bilan ta’minlamoqda. U allaqachon 6 golli uzatmani amalga oshirgan.

Jorjinyo (“Napoli”)

“Napoli” “Manchester Siti”, “Barselona”, “Valensiya”, “Inter” va “PSJ”lar bilan birga bu mavsumda ...

Davomi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:07, 18.11.2017.
O'qildi: 8158 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.