Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

Ouen Argentinaga urgan goli haqida: "30 ming tomoshabin ichidan otam va onamni topdim" (video)

Ouen Argentinaga urgan goli haqida: "30 ming tomoshabin ichidan otam va onamni topdim" (video)

Baho:
+ | -

Angliya terma amoasining sobiq hujumchisi Maykl Ouen JCH-1998 nimchorak finalida (2:2, 3:4 - pen. seriyasi) Argentina termasi darvozasiga urgan mashhur golini esladi.

"Bekhem menga to‘p oshirganda maydon markazida edim. Ayyala yoki yana kimdir qanchalik uzoqlashganini tasaqqur qilolmadim. Yonimda himoyachi bor edi va men "undan qochib ketishim kerak va shunda..." deb o‘yladim. Futbolda vaziyat har soniyada o‘zgarib turadi. To‘pni o‘ng oyog‘im bilan yaxshi qabul qilib oldim, argentinalikni deyarli ortda qoldirdim va oldinga qaradim.

Hayolimdan "oldinda faqat bir o‘yinchi turibdi" degan fikr o‘tdi - u ancha uzoqda edi. Hujumni davom ettirishim kerak edi, himoyachi menga yetolmas edi. Oldingga maneken qo‘yib qo‘yganlari singari. O‘yinchi o‘z darvozasi yaqinida turib va hujum qilishga sharoit yaratyapti, men undan o‘tolmaymanmi? Qanotga siljidim va o‘ng tomondan Skoulz paydo bo‘lganini ko‘rdim, ammo to‘pga o‘zim yetib borib zarba berdim. Ortga qaytayotib "Gol yomon chiqmadi" deb qo‘ydim.

Hamma futbolchilar meni tabriklab, quchoqlashga tashlandilar. Tribunada kim o‘tirganini bilmasdim. Maydon markazida turib, mushtim bilan g‘alaba ishorasini qildim va tomoshabinlarga qaradim. 30 ming tomoshabin ichida ko‘zimga birinchi kim tushdi, bilasizmi? Otam va onam. Mushtimni g‘oliblarcha yana bir siltadim va xayolimda "Qoyilmaqom gol bo‘ldi" deb qo‘ydim", - slaydi Ouen.

 

Manba: championat.com
Kiritildi: 14:03, 18.11.2017.
O'qildi: 3188 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.