Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

"Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvi 14:00dan boshlab jonli translyasiya qilinadi

"Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvi 14:00dan boshlab jonli translyasiya qilinadi

Baho:
+ | -

Bugun Qarshi shahrida Oliy liga 29-turi doirasida "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Hal qiluvchi maqomini olgan ushbu uchrashuv soat 14600 dan boshlab Sport Tv kanalidan jonli translyasiya qilinadi. O‘yinni sharhlovchi Murod Rizayev sharhlab boradi.


Nasaf-Paxtakor o‘yini 14:00da jonli translyasiya qilinadi. O‘yinni Murod Rizayev sharhlab boradi.

Eslatib o‘tamiz, bu to‘qnashuv ham kumush medal, ham Osiyo chempionlar ligasi yo‘llanmasi egasini aniqlab beradi. "Paxtakor" safarda "Nasaf"ni mag‘lub etsa, ochkolar bo‘yicha Ro‘ziqul Berdiyev jamoasiga yetib oladi hamda jadvalda 2-o‘ringa ko‘tarilib oladi. Boisi, Oliy liga-2017 reglamentida, ochkolar teng kelib qolganda, g‘olib nomi quyidagi ko‘rsatkichlar asosida belgilab qo‘yilgan:

1) o‘zaro o‘yinlarda ko‘p ochko to‘plagan jamoa;
2) o‘zaro o‘yinlarda yaxshi to‘plar farqiga ega bo‘lgan jamoa;
3) o‘zaro o‘yinlarda safarda ko‘p gol urgan jamoa;
4) barcha o‘yinlarda eng yaxshi to‘plar farqiga ega bo‘lgan jamoa;
5) barcha o‘yinlarda ko‘p g‘alabaga ega bo‘lgan jamoa;
6) barcha o‘yinlarda ko‘p gol urgan jamoa.

"Paxtakor" birinchi davrada o‘z uyida "Nasaf"ni mag‘lub (2:1) etganini inobatga olsak, bugungi g‘alaba toshkentliklarga chempionatning kumush medali, ham OCHL yo‘llanmasini kafolatlaydi. Boisi, paxtakorchilar so‘nggi turda "Obod" bilan o‘ynashlari kerak. "Obod" esa chempionatni tark etgan va "Paxtakor" bu o‘yinda 3 ochkoni muddatidan avval hal qilib qo‘ygan.

O‘z navbatida "Nasaf" g‘alaba qozonsa, kumush medali va OCHL yo‘llanmasini naqd qilib qo‘yishadi. Bugun uchrashuv durang bilan yakunlansa, "Nasaf" so‘nggi turda "Navbahor" bilan kamida durang o‘ynashi lozim bo‘ladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:29, 19.11.2017.
O'qildi: 3338 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик