Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Umidjon Qodirov: «Muxlislar va jamoadoshlarimga raxmat aytaman»

Umidjon Qodirov: «Muxlislar va jamoadoshlarimga raxmat aytaman»

Baho:
+ | -

Oliy liganing 29-turida “So‘g‘diyona” jamoasi o‘z maydonida “Qo‘qon-1912”ni qabul qildi va 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.

Ushbu o‘yinda “Sug‘diyona” vakillari birinchi bo‘limda 10 kishi, ikkinchi bo‘limda 9 kishi bo‘lib maydonda harakat qilishdi va shunga qaramasdan ham yakunda raqibni mag‘lubiyatga uchrata oldi. Uchrashuvda hal qiluvchi  gollarni kiritgan va g‘alabaga munosib hissasini qo‘shgan Umidjon Qodirov o‘yin borasida o‘z fikrini bildirdi.

-Ikkinchi davrada juda ko‘p durang natijalar qayd etib qo‘ydik va ko‘p o‘yinlarda omadimiz kelmadi. Jamoa bilan bor diqqatimizni shu o‘yinga qaratgandik. Bugungi o‘yin biz uchun juda muhim edi, biz jamoamiz bilan muhim bahsga astoydil tayyorgarlik ko‘rdik. Jamoamiz rahbariyati, xodimlari, jamoadoshlarim va muxlislarga bizni qo‘llab-quvvatlashgani uchun raxmat aytaman. Bugun muhim bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kirita oldik.

Birinchi bo‘limdagi Ixtiyor Toshpo‘latovning qizil kartochka olib maydondan chetlatilishi jamoaga qanday ta’sir qildi?

-Albatta, salbiy ta’sir qildi. O‘yin boshida 10 kishi o‘yin yakunida 9 kishi bo‘lib harakat qildik. Ikki karra kuch bilan o‘ynashimiz talab etilardi. Uchrashuv davomida jamoadoshlarim bir birini ruxan qo‘llab-quvvatladi. Buning uchun ularga katta raxmat aytaman.

“So‘g‘diyona” matbuot kotibasi, Dildora Xolboyeva.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:27, 19.11.2017.
O'qildi: 1926 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.