Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Ilhom Mo‘minjonov: «Xatolardan xulosa qilib, izlanishda davom etamiz»

Ilhom Mo‘minjonov: «Xatolardan xulosa qilib, izlanishda davom etamiz»

Baho:
+ | -

“Olmaliq” – “Navbahor” uchrashuvi (2:1) dan so‘ng mezbonlar bosh murabiyi Ilhom Mo‘minjonov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- O‘zinglar ko‘rganlaringdek, bugun jangovor o‘yin bo‘ldi. Uchrashuv davomida «Olmaliq» futbolchilari yuzaga keltirilgan vaziyatlardan samarali tarzda foydalanib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Aksincha futbolchilarimiz imkoniyatlarni golga aylantira olishmadi. Omad bugun bizga kulib boqmadi. Agarda Oston O‘runov bahs oxirlarida gol urganida yakuniy natija durang bo‘lishi mumkin edi.

Umuman olganda «Olmaliq» jamoasi haqli ravishda g‘alabaga erishdi. Garchi mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsakda, hayot davom etadi. Xato va kamchiliklardan xulosa qilib, izlanishda davom etamiz. Shuningdek, chempionatning so‘nggi uchrashuviga jiddiy tarzda hozirlik ko‘ramiz.

- Uchrashuv oldidan tarkibda yo‘qotishlar yo‘qmidi?

- Ayni paytda ikki nafar futbolchimiz – Oybek Qilichev va Mirzohid G‘ofurovlar jamoaga yordam bera olishmayapti. Qilichev diskvalifikasiya qilingan bo‘lsa, G‘ofurov jarohat tufayli oldingi o‘yinlarni ham o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgandi.

Umuman olganda chempionat boshida ham jamoamizda raqobat kuchli ekanligi haqida aytib o‘tganman.

Shu sababli ixtiyorimizda mavjud bo‘lgan o‘yinchilar yuqorida nomlari qayd etilgan futbolchilarni yo‘qligini bilintirishmayapti.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 00:38, 20.11.2017.
O'qildi: 2200 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик