Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 0-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Mirko Yelichich: «Chempionlik oson qo‘lga kiritilmadi»

Mirko Yelichich: «Chempionlik oson qo‘lga kiritilmadi»

Baho:
+ | -

«Dinamo» - «Lokomotiv» uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida chempionlikni nishonlagan jamoaning bir yo‘li ikki murabbiyi Mirko Yelechich va Andrey Miklyayevlar ishtirok etishdi.

- Chempionlik bilan tabriklaymiz. Avvalo o‘yin borasida to‘xtalsangiz?

Mirko Yelechich:

- Tabrik uchun rahmat. Samarqandda «Lokomotiv»ga hech qachon oson bo‘lmagani bois, bu safar ham o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib kelgandik. Sababi, turnir jadvali bizdan ham, raqiblarimizdan ham faqat g‘alaba qozonishni taqozo qilardi. O‘yin davomida vaziyatlardan unumli foydalana oldik va g‘alaba qozondik. Chempionlik oson qo‘lga kiritilmadi.

Andrey Miklyayev:

- Men ham qo‘shimcha qilishni istardim, bugun oson g‘alabaga erishdik deya olmayman. O‘yin oldidan ruhiy bosim bor edi. Shunga qaramay, yigitlarimiz ko‘rsatmalarni bexato amalga oshirishdi, ularga rahmat. «Dinamo» o‘yin davomida bizni pressing orqali shoshirib qo‘yishga intildi, ammo 90 daqiqa pressing qilishning iloji yo‘q. Hisob barchasini aytib turibdi, raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik.

- O‘yin davomida Qarshidagi natijadan boxabar bo‘lib turdingizmi?

Mirko Yelechich:

- Faqat o‘yin yakuniga yetayotganda Qarshidagi natijadan xabar oldim. Ungacha Qarshidagi o‘yinni emas, faqat o‘zimizni o‘yinni o‘yladim.

Andrey Miklyayev:

- Men faqat birinchi taym yakunida Qarshida kichik hisob qayd etilayotganini bildim. Ikkinchi bo‘lim yakunida esa yirik natijadan xabar topdim. Asosiysi, biz o‘zimizni o‘yinga e’tibor berishimiz shart edi va buni uddaladik.

- Chempionat deyarli yakunlandi. «Lokomotiv» uchun 2017 yilda eng muhim va asosiy o‘yinlar bo‘ldi?

Mirko Yelechich:

- «Lokomotiv» uchun asosiy raqib «Nasaf» jamoasi bo‘ldi. Ular bilan kurashish oson bo‘lgani yo‘q. Ikkinchi davrada esa kurashga «Paxtakor» qo‘shildi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 17:00, 20.11.2017.
O'qildi: 3072 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.