Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Aleksandr Lobanovning xulqi borasida «Paxtakor» FK bayonoti

Aleksandr Lobanovning xulqi borasida «Paxtakor» FK bayonoti

Baho:
+ | -

"Paxtakor" futbol klubi rahbariyati jamoa darvozaboni Aleksandr Lobanovning Qarshidagi o‘yindan keyin o‘zini tutishi borasida yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda Lobanovning "Nasaf" bilan bellashuvdan so‘ng muxlislar provokasiyasiga javob qaytarib, ularga nisbatan hurmatsiz munosabatda bo‘lgani ko‘rib chiqildi. Yakunda "Paxtakor" darvozabonining o‘sha harakati keskin tanqid ostiga olindi va Lobanovga nisbatan "Paxtakor" futbol klubi tomonidan zarur chora ko‘rilib, moddiy jarima belgilandi. Bunday vaziyat yana ro‘y bergan taqdirda keskinroq chora ko‘rilishi haqida ogohlantirildi.

Aleksandr Lobanov Qarshidagi uchrashuvdan so‘ng ro‘y bergan holatdan afsusda ekanini ma’lum qildi. Bunga uning o‘yindan keyin juda asabiylashgani sabab bo‘lgan. Darvozabon "Paxtakor" futbol klubi hamda muxlislardan buning uchun kechirim so‘raydi. Lobanov bunday hodisa boshqa qaytarilmasligiga va’da berdi.

"Paxtakor" futbol klubi futbolchilarning xulqi va o‘zini tutishi doimo kuzatuvda ekanini ma’lum qiladi. O‘yinchilarga noprofessional harakatlari uchun choralar ko‘rilib, ular jazoga tortiladi. Klub O‘zbekistonning bayroqdor jamoasi nomiga mos holda faoliyat olib boradi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 17:59, 20.11.2017.
O'qildi: 14688 marta.
Fikrlar: 30 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.