Xar bir mundialda qaysidir terma jamoa bir bosh baland sakrab, muxlis va mutahassislarni ajablantirgan natijalarni qayd etib, turnir kashfiyotiga aylanadi. Ana shunday kashfiyot termalardan tuzilgan TOP-10 talikni taqdim etamiz.
10. KXDR (JCH-1966)
Angliya mezbonligida bo‘lib o‘tgan mundialning kashfiyoti KXDR terma jamoasi bo‘ldi. Shimoliy Koreyaliklar turnirning ilk uchrashuvida Sobiq Ittifoq termasidan yirik mag‘lubiyatni qabul qilib olishdi. Keyingi turda so‘nggi daqiqalarda kiritilgan gol tufayli Chili bilan murosa ko‘chasi tanlandi. 3-turda esa Pak Du Ikning yagona goli evaziga italyanlar ustidan g‘alaba qozonib, pley-offga yo‘l oladi. Chorak finalda koreyslar Portugaliya bilan kuch sinashishadi. O‘yinning 25 daqiqasiga kelib 3:0 hisobida oldinga chiqib olgan KXDR terma jamoasi g‘alabani ushlab qola bilmaydi. Eysebioning «poker»i va Joze Augushtuning bir goli Yevropaliklarga 5:3 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi. KXDR esa jahon chempionatida chorak finalga yetib kelgan Osiyolik ilk jamoa bo‘lgan edi.
9. Gana (JCH-2010)
Afrikada o‘tkazilgan ilk mundialda Afrika jamoalaridan faqatgina Gana terma jamoasi ishonchni oqladi. Guruh bahslarida Serbiyani mag‘lub etib, Avstraliya bilan durangga erishgan ganaliklar uchinchi turda nemislarga kichik hisobda imkoniyatni boy berishdi. Nimchorak finalda Afrikaliklar AQSH termasini mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l olishdi. Gananing yarim finalga chiqishiga Suaresning qo‘llari halaqit berdi. Shunday bo‘lsa ham «qora yulduzlar» termasi muxlislar mexrini qonishga muvaffaq bo‘lishdi.
8. Marokash (JCH-1986)
Marokash terma jamoasi Maradona qahramonligida o‘tgan mundialda «o‘lim guruhi»dan joy olishdi. Dastlabki 2 uchrashuvda Polsha va Angliya terma jamoalari bilan nursiz durangga imzo chekkan afrikaliklar, uchinchi turda Portugaliya termasi bilan maydonga tushishdi. Xairining «dubl»i va Krimauning golidan keyin Marokash termasi yirik hisobda g‘alaba qozona boshladilar. Faqatgina o‘yin tugashiga 10 daqiqa qolganida Diamantinuning goli yevropaliklarni yirik mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Nimchorak finalda ham marokashliklar haqiqiy jasorat ko‘rsatishdi. Germaniya termasiga qarshi kechgan bahsda uchrashuvning so‘nggi soniyalarida Lotar Matteusning goli, nemislarga g‘alabani taqdim etgan. Marokashliklar esa mundialning bosh kashfiyoti sifatida o‘z uylariga qaytishdi.