Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

«Valensiya»ni sevishga shoshiling!

«Valensiya»ni sevishga shoshiling!

Baho:
+ | -

Qaysidir grand yorqin start qayd etganida, uning yog‘dusi bunchalik taralmasdi, albatta. Qarang, avvalgi mavsumni katta qiyinchilik evaziga o‘rtamiyonalar qatorida yakunlagan «Valensiya» bugun nimalar qilyapti?

Oddiy aytganda, «ko‘rshapalaklar» burgutdek uchishmoqda. Mana, qatorasiga 7ta uchrashuvda zafar quchgan jamoa bundan naq 70 yil (!) muqaddam o‘rnatilgan shaxsiy rekordini takrorladi, qolaversa, mahsuldorlik bobida karvonboshi - «Barselona» bilan bir xil ko‘rsatkichga ega bo‘lib turibdi - 30ta gol.

Faqat o‘yin holatidan urilgan gollarni olsak, «Valensiya» oldinda! To‘g‘ri, jamoa vakillari o‘yin holatidan 22ta gol urgan bo‘lsalarda («Barselona»da 21ta gol), ochkolar bobida Kataloniya grandi to‘rt «qadam» ilgarilab ketishga ulgurdi.

Lekin «ko‘rshapalaklar» shuning barobarida Madrid superklubidan shunchalik oldindalar. Boz ustiga, «Valensiya» birinchi davra hisobidan deyarli barcha jiddiy raqiblar bilan o‘ynab bo‘ldi, birgina «Barsa»ga qarshi uchrashuv qoldi.

Demak, 26 noyabr oqshomiga belgilangan bellashuv La-ligada kuzning bosh qarama-qarshiligiga aylanadi. Shubha yo‘q, eng sermahsul ikki jamoa o‘rtasidagi bahsda murosasizlik yuqori nuqtaga ko‘tariladi.

Yog‘du ortida qora bulut

2014|2015 yillar mavsumi. «Real» ustidan ajoyib g‘alabaga erishgan, dunyoning eng kuchli klubi - «Barsa»ga munosib qarshilik ko‘rsatgan «Valensiya» 4-o‘rinni egallab, CHL yo‘llanmasiga ega chiqqandi.

Biroq jamoa yangi mavsumda «Zenit», «Lion» va «Gent» bilan bitta guruhda o‘ynab, «pley-off» raundiga o‘tolmadi. Ichki chempionatda esa segundaga tushib ketishiga bir bahya qoldi.

Xayriyatki, Gari Nevill shoshilinch tarzda murabbiylik faoliyatiga nuqta qo‘ydi. Aks holda, «ko‘rshapalaklar» primero bilan xayrlasharmidilar?

Xullas, Ispaniyaning eng serquyosh go‘shasi futboli qora bulutlar ko‘lankasida qoldi: 144 mln. yevro evaziga kuchaytirilgan jamoaning o‘yinlari o‘ta sifatsiz edi, stadion esa portugaliyalik agent Jorje Mendesh mijozlari - Nunu, Andre Gomesh, Kanselu, Danilo va Rodrigoga qarshi norozilik hay­qiriqlariga to‘lib ketgandi.

E’tibor bering, «Valensiya»da bir yil davomida 5 marta murabbiy almashtirildi. Jamoa xususan, Chezare Prandelli davrida 17-o‘ringa tushib qoldi, Zazani vaqtida sotib olishmaganini bahona qilgan italiyalik mutaxassis vatandoshini amalda sinab ko‘rishga ham ulgurmay, ista’foga chiqdi.

Nihoyat, shu yilning martida parokandalikka chek qo‘yildi. Bosh direktor lavozimiga taklif etilgan «Malyorka»ning sobiq prezidenti Mateo Alemani qat’iyat ko‘rsatib, mutasaddilar g‘oyasini bir chetga surdi.

Ya’ni bosh murabbiy vazifasini Kike Set­enga topshirishni istamadi, qolaversa, ustamon Jorje Mendeshga bog‘liqlikdan voz kechdi.

Shu tariqa «ko‘rshapalaklar» doimiy vaqtinchalik murabbiy Voro Gonsales rahbarligida chempionatni 12-pog‘onada yakunlashdi.

Yangi boshqaruvchi - Marselino esa Vorodan chempion «Real»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan jamoa va asosiy tarkibga moslashib ulgurgan Karlos Soler hamda Simone Zazani meros qilib oldi. Italiyalik hujumchi avvalgi mavsum jami 9ta gol urgandi.

Malakali murabbiy foydasi

DAVOMI

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 23:00, 21.11.2017.
O'qildi: 2763 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.