Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

JCH-2018 saralashi. Eng e’tiborli statistika

JCH-2018 saralashi. Eng e’tiborli statistika

Baho:
+ | -

Navbatdagi jahon chempio­natining 31ta yo‘llanmasi o‘ynalgan kvalifikasion jarayon rasman xotima topdi.

Tabiiyki, bu safargi saralash davomida ham bir qator diqqatga sazovor ko‘r­satkichlar qayd etil­­di. Demak, yakuniy natijalarni zimdan ko‘rib chiqish vaqti keldi.

Saralashning umumiy statistikasi

O‘yinlar soni: 871ta

Gollar soni: 2456ta

1ta o‘yinga to‘g‘ri kelgan gollar soni: 2,8ta

Sariq kartochkalar soni: 2965ta

Qizil kartochkalar soni: 48ta

Eng yaxshi to‘purarlar - Robert Levandovski, Ahmad Xalil, Muhammad al Sahlaviy (16tadan gol). Birinchi navbatda, Robert Levandovskini tilga olish joiz. Zero, polyak hujumchisi 16ta golni 10ta o‘yinda urdi.

U bu borada Luis Suares, Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi, Edinson Kavani va boshqa top-forvardlarni ortda qoldirdi. Vaholanki, «Bavariya» goleadori bunday natijaga yevrofutbolning chin yulduzlari yordamisiz erishdi. Bravo, Robert!

OFK miqyosidagi saralashda 16tadan gol hosil qilishgan Ahmad Xalil (BAA) hamda Muhammad al Sahlaviy (S.Arabistoni)ga kelsak, ular tegishlicha 17 va 14ta o‘yinda maydonga tushishdi, qolaversa, Osiyoda raqiblar darajasi ham ancha pastligini inobatga olish kerak.

Eng yaxshi assistent - Joshua Kimmix (9ta samarali uzatma). Germaniya futbolida yuqori sur’atda o‘sayotgan o‘yinchi, betakror Filipp Lam vorisi va bundestimning bo‘lajak sardori.

Kimmix saralash boshqichi doirasidagi barcha o‘yinlarda to‘liq 90 daqiqadan harakatlandi. Asosiysi, ko‘pincha o‘ng qanot himoyachisi rolini bajargan yosh futbolchi 10ta o‘yinda 9ta golga assistentlik qilishdan tashqari, raqiblar darvozasini 2 bora ishg‘ol etishni uddaladi. Aql bovar qilmas samaradorlik.

Eng sermahsul jamoalar - Belgiya va Germaniya termalari (1ta o‘yinda o‘rtacha 4,3ta gol). Hujum chizig‘ida Romelu Lukaku va Dris Mertens kabi to‘purarlar o‘ynaydigan, ularga Eden Azar, Raja Nainggolan va Kevin de Bryuyne singari aslar to‘p oshiradigan Belgiya termasining 10ta uchrashuvda 43ta gol urganida ajablanarli tomoni yo‘q. Germaniya termasi esa ijrochilar masalasida yana boyroq. Xullas, kutilgan natija.

Eng ko‘p o‘ynagan futbolchi - Ibrohim Almeh (21ta o‘yin). Suriya termasi darvozaboni Osiyodagi 2ta guruh bosqichida 19 marta maydonga tushdi, shuningdek, avstraliyaliklarga qarshi kechgan ichki «pley-off» raundida yana 210 daqiqa harakatda bo‘ldi.

Suriyaliklar yakunda JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritolmadilar, ammo Almeh Rossiya yo‘lidagi saralash dovonida butun dunyo bo‘yicha maydonda eng ko‘p o‘ynagan futbolchi bo‘ldi - 1740 daqiqa.

Darvoza tomon eng ko‘p zarba yo‘llagan futbolchi DAVOMI

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 00:24, 22.11.2017.
O'qildi: 3737 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.