Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina 2-1 Monsa
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

Hammasi ravshan yoxud «Loko» gudogi baralla eshitildi

Hammasi ravshan yoxud «Loko» gudogi baralla eshitildi

Baho:
+ | -

Ha, oliy liga-2017 musobaqasini 30-turiga aytarli ish qolmadi. Har holda, avvalgi hafta o‘tkazilgan o‘yinlar barchasiga oydinlik kiritdi. Xullas, 29-turdan so‘ng sovrindor klublar tartib bo‘yicha «terildi»: «Lokomotiv» - 1-o‘rin (chempion), «Nasaf» - 2-o‘rin (kumush medal), «Paxtakor» - 3-o‘rin (bronza medali). «Bunyodkor»ning 4-pog‘onadan siljimasligi esa o‘tgan haftayoq aniq bo‘lib ulgurgandi. Shuningdek, «Qizilqum» 11-o‘rin masalasini ijobiy hal qildi va sport prinsiplari bo‘yicha oliy ligada qolishi mumkin. Endi undan faqat lisenziyalash shartlarini bajarish talab etiladi.

«LOKO» - IKKI KARRA

CHEMPION!

«Lokomotiv» uzoq kutilgan ikkinchi chempionlik marrasiga yetdi, nihoyat. Muhimi, «temiryo‘lchilar»ning zafar gudogi juda jarangli yangradi. Ya’ni butun mavsum davomida 1-o‘rindan tushmagan jamoa «Dinamo» mehmoni bo‘lib, 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa so‘nggi turdan o‘rin olgan «Lokomotiv» - «Bunyodkor» o‘yini shunchaki, o‘rtoqlik maqomiga aylanib qoldi. Boshqacha aytsak, mavsum avvalida yil o‘yini bo‘lishi aytilgan qarama-qarshilik kubok finali oldidan o‘ziga xos repetisiya vazifasini o‘tab beradigan bo‘ldi. Eh, «Lokomotiv» agar Samarqandda ham chempionlikni rasmiylashtirmaganida, so‘nggi tur dahshatli to‘qnashuv belgisi ostida kechardi. Ammo «temiryo‘lchilar» bunga yo‘l qo‘yishmadi.

SHUBHAGA O‘RIN YO‘Q

29-turning eng asosiy to‘qnashuvi Qarshida bo‘lib o‘tdi. Unda «Nasaf» deyarli 20 ming muxlis qarshisida «Paxtakor»ni ayanchli ahvolga soldi. Bu o‘yin oliy liga-2017ning eng asosiy to‘qnashuvi maqomini olgandi. Chunki o‘rtada oltindan «qimmat» kumush medal taqdiri turgandi. G‘alaba qozongan tomonning Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasiga ega chiqishi ham uchrashuvga nisbatan qiziqish darajasini oshirib yubordi. Yakunda «Nasaf» «sherlar» darvozasiga javobsiz 4ta gol yo‘llab, 2-o‘rin, ya’ni «kumush»ni o‘z nomiga rasmiylashtirdi. Shota Arveladze va legionerlar bilan quvvatlangan «Paxtakor» esa 3-o‘rin bilan kifoyalanadi. Darvoqe, bu  avvalgi mavsum natijasidan yaxshi, ammo baribir, kam...

O‘RTADA KICHIK O‘ZGARISH

«Bunyodkor» mavsum boshida o‘rtamiyonalik qismatiga ko‘nikkandek ko‘ringandi. Jamoa boshqaruvi Mirjalol Qosimovga topshilganidan keyingina vaziyat o‘zgardi, ammo kech bo‘lgan ekan... Mana, «qaldirg‘ochlar» harchand urinishmasin,  sovrindorlar qatoriga kirolmadilar, baribir. To‘g‘ri, umid avvalgi turlardayoq so‘ngan bo‘lsada, «Bunyodkor» joriy chempionat hisobidan o‘z stadionidagi so‘nggi o‘yinda munosib futbol ko‘rsatib, «Buxoro»ni 3:0 hisobida dog‘da qoldirdi. Natijada Ulug‘bek Baqoyev jamoasi 6-o‘ringa tushdi. Eng qiziq tomoni, uning joyiga ko‘tarilgan «Navbahor» ham o‘tgan tur mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Farqi shundaki, namanganliklar «Olmaliq» maydonida bitta to‘p farqi bilan yutqazishdi - 1:2. Shuning o‘zi «Navbahor»ning turnir jadvalida 5-o‘ringa chiqishi uchun yetarli bo‘ldi. O‘z navbatida, «Olmaliq» ochkolari sonini 41taga yetkazib, 8-pog‘onaga «sakradi». Yana bir «o‘rtamiyona olishuv»da «Qizilqum» bor e’tiborini jamlab, «Metallurg»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Navoiyliklar shu natija o‘laroq, 11-o‘rinda qolish masalasiga nuqta qo‘yishdi, bekobodliklar aksincha, 10-qatordan teparoqqa  ko‘tarilish imkoniyatini boy berishdi.

NAFI YO‘Q

YUTUQLAR...

«So‘g‘diyona» mavsum oxirida hushyor tortdimi, nisbatan yaxshi natijalar qayd etmoqda. Jizzaxliklar o‘tgan hafta «Qo‘qon-1912»ni mag‘lubiyatga uchratishdi. Bilasiz, No‘’mon Hasanov jamoasi chempionatda juda yaxshi start olgandi, ammo ikkinchi davrada o‘sha ishtiyoqni saqlab qololmadi. Xullas, «Qo‘qon-1912» oxirgi turdagi salbiy natijadan so‘ng «Olmaliq» bilan o‘rin almashdi. O‘z navbatida, bu g‘alaba jizzaxliklarga ham yordam bermadi. Chunonchi, Igor Shkvirin shogirdlari nari borsa 12-o‘ringa ko‘tarilishlari mumkin. Vadim Abramov boshqaruvidagi «Neftchi» esa «Mash’al»ga qarshi kechgan o‘yinni 29-tur uchun an’anaviy tus olgan 2:1 hisobida yakunladi. Shu tariqa jamoa «Sho‘rtan» bilan o‘rtadagi 1 ochkolik farqni saqlab qoldi. G‘uzorliklar aslida taqvimga ko‘ra, «Obod»ga qarshi maydonga tushishlari kerak edi. Lekin poytaxt klubi chetlashtirilgani bois, «Sho‘rtan» nomiga texnik g‘alaba va 3 ochko yozildi.

TUR QAHRAMONI - «NASAF» DAVOMI

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:44, 22.11.2017.
O'qildi: 5329 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.