Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Hafta o‘yinlari: «Liverpul» — «Chelsi», «Valensiya» — «Barsa», «Monako» — «PSJ»ga qarshi

Hafta o‘yinlari: «Liverpul» — «Chelsi», «Valensiya» — «Barsa», «Monako» — «PSJ»ga qarshi

Baho:
+-1 | -

“Erudit SPORT” nashri quyida tomoshabop o‘tishi kutilayotgan to‘rt to‘qnashuvni o‘tkazib yubormaslikni tavsiya qiladi:

№4-match: “Bernli” – “Arsenal”

26 noyabr, yakshanba, soat: 19:00

TV-translyasiya: Futbol TV

O‘zaro uchrashuvlar:

27 G‘ALABA 18 DURANG 37 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Barnli” – “Arsenal” 0:1 va 1:2

Imkoniyat: 30/30/40

Jamoalarning transfer qiymati:

“Barnli” – “Arsenal”

91,50 million yevro VS 508 million yevro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

Premyer ligada zo‘rg‘a jon saqlab qolgan Shon Daych va uning “Barnli”si mavsumni sensasion g‘alaba bilan boshladi – amaldagi chempionlar taslim etildi. Tarix yozishga kirishgan “To‘q qizillar” shu bilan kifoyalanmadi. Keyingi turlarda “Liverpul” hamda “Tottenxem”dan ochko tortib oldi. Olti bahsda darvozasiga gard yuqtirmadi. Diqqatga sazovorlisi, o‘n bir o‘yinda o‘tgan mavsumda to‘plagan ochkolarining teng yarmini qo‘lga kiritdi. O‘z-o‘zidan bu Daych janoblari qo‘l ostidagi jamoani “chaqilmas yong‘oq”qa aylantirganini anglatadi. To‘g‘ri, “Kanonirlarl” “To‘q qizillar”ning to‘plar nisbatidan (10-9) yengil nafas olishi mumkin. Ammo Arsen amakining ko‘ngliga g‘ulg‘ula soladigan natijalar ham borki, unga ko‘z yumish yaramaydi: mehmondagi matchlarda atigi 22 foizlik natijaga erishmoqda. Yana “Arsenal” so‘nggi uch mehmondagi bahsda darvozasidan kamida ikki to‘p olib chiqqan.

 

№3-match: “Monako” – “PSJ”

26 noyabr, yakshanba, soat: 01:00

TV-translyasiya: Sport TV

O‘zaro uchrashuvlar:

41 G‘ALABA 25 DURANG 16 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Monako” – “PSJ” 3:1 va 1:1

Imkoniyat: 30/30/40

Jamoalarning transfer qiymati:

“Monako” – “PSJ”

267,40 million yevro VS 648,40 million yevro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

Fransiya chempionatining ayni damdagi ikki giganti orani ochiq qilishi ham tomoshabop to‘qnashuvni tuhfa etishiga shubha yo‘q. Neymarning “PSJ”ni boshiga ko‘tarayotgani, klubni yelkamni chuquri ko‘rsin qabilida ish tutayotgani “foni”da yaqin ta’qibchisiga uch ochkoni “sovg‘a” qilishi hech gap emas. Boshqa tomondan, Unay Emeri shakllantirgan jamoa ikki marta qoqildi. Eng ko‘p legioner evaziga “PSJ”ni taxtdan tushirgan “Monako” o‘zaro uchrashuvda ochkolar tavofutini qisqartirish imkonini ko‘kka sovurmaslikka yeng shimarib kirishadi, albatta. Shuni aytish kerakki, “Knyazliklar” mezbonligida o‘tgan 16 bellashuvning o‘n beshtasida maydon egalarining qo‘li baland kelgan. Ustiga-ustak, “Lui II” o‘yingohida o‘tgan o‘sha o‘yinlarda Leonardu Jardim shogirdlari minimum “dubl” qayd etadi. Bir vaqtning o‘zida Liga 1da “PSJ” ham “gol mashinasi” nomiga da’vo qilmoqda. Ispan mutaxassisi qo‘l ostidagi futbolchilar joy tanlamaydi. Ular raqibga qaqshatkich zarba berishni biladi xolos. Qiziq, qaysi klub raqibining “nog‘orasiga o‘ynaydi”?

 

№2-match: “Valensiya” – “Barselona”

26 noyabr, yakshanba, soat: 00:45

TV-translyasiya: UzReport TV

O‘zaro uchrashuvlar:

42 G‘ALABA 42 DURANG 81 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Valensiya” – “Barselona” 2:3 va 2:4

Imkoniyat: 30/30/40

Jamoalarning transfer qiymati:

“Valensiya” – “Barselona”

181,80 million yevro VS 706,50 million yevro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

Mavsumlar oralig‘ida “Valensiya” tarkibini o‘n uch nafar futbolchi to‘ldirdi. O‘shanda mahalliy muxlislarning boshi qotgandi: jamoani kuchaytirish yo‘lidagi bu urinishlar yana omadsizlikka yuz tutmaydimi? La liga karvoni yo‘lga tushdi, manzilning qariyb to‘rtdan biri bosib o‘tildi va “Ko‘rshapalaklar” yettinchi osmonda uchib yuribdi. “Barselona” esa 70-yillik rekordini takrorlagan raqibini osmondan yerga tushirib qo‘yishga hozirlik ko‘rmoqda. E’tiborlisi, Marselino murabbiyligidagi “Valensiya” na muvaffaqiyatli uzatmalar, na darvozaga zarba yo‘llash, na to‘p nazoratida Primeraning kuchli beshligida qorasi ko‘rinadi. O‘z navbatida, mutaxassis Erneste Valverde tanlovi ham yetarlicha e’tirozlarga sabab bo‘lgandi. Biroq “Barsa” ko‘rsatayotgan o‘yin jamoa ishonchli qo‘llarda ekanidan dalolat bermoqda. Murabbiy mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasi o‘n oltiga yetishiga hissa qo‘shdi. Xo‘sh, Ispaniya chempionatida eng yosh jamoa bo‘lib turgan valensiyaliklar g‘alabani o‘z tomoniga og‘diradimi yoki katalon klubi mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oladi?

 

№1-match: “Liverpul” – “Chelsi”

25 noyabr, shanba, soat: 22:30

TV-translyasiya: Futbol TV

O‘zaro uchrashuvlar:

67 G‘ALABA 33 DURANG 49 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Liverpul” – “Chelsi” 2:1 va 1:1

Imkoniyat: 30/40/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“Liverpul” – “Chelsi”

514,50 million yevro VS 631,90 million yevro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

  Mavsum startida “Liverpul” kutilganidan ko‘proq ochko yo‘qotishga majbur bo‘ldi. Yurgen Kloppni grandlarga qarshi to‘qnashuvlarda omadi chopmayapti. Esingizda bo‘lsa, bir yil avval bu borada pichog‘i yog‘ning ustida edi. Shu kecha-kunduzda esa faqat o‘z uyida ishonchli o‘yin ko‘rsatyapti: o‘n besh ochkolik imkoniyatdan o‘n bir ochko to‘pladi. Qiziq tomoni, jamoa himoyasi muxlislari ko‘z o‘ngida “o‘zini yig‘ishtirib oladi”: besh o‘yinda bor-yo‘g‘i bir gol o‘tkazib yuborgan. Yana bir fakt: xuddi shu qarama-qarshilik Klopp uchun “Qizillar” postidagi 120-match bo‘ladi. Albatta, raqib tomon ham “yubiley” ekan, deb qo‘l qovushtirib turmaydi. Ayniqsa, “tegirmon navbati bilan” qabilida ish tutayotgan Konte. Sinyor Antonio o‘tgan mavsumda yengolmagan hamkasblarini endi “bir yoqlik” qilyapti. Bundan tashqari, “Aristokratlar” mehmonda o‘zini suvdagi baliqdek his etmoqda: 7 uchrashuvning 6 tasida raqib maydonidan “o‘lja” bilan qaytgan.

Ulug‘bek RAHMONQULOV,  «Erudit SPORT» gazetasidan.

Manba: www.erudit-sport.uz
Kiritildi: 15:56, 24.11.2017.
O'qildi: 5731 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.