«Valensiya» klubi bosh murabbiyi Marselino Garsiya Toral jamoaning navbatdagi ikki uchrashuvda ishtirok eta olmaydi.
Chunki Ispaniya futbol federasiyasi intizom qo‘mitasi murabbiyni ikki uchrashuvga diskvalifikasiya qildi. Murabbiy «Espanyol»ga qarshi uchrashuvda maydondan chetlatilgandi. «Valensiya» tomonidan berilgan apellyasiya esa rad etilgan.
Shunday qilib, Marselino «Barselona» va «Xetafe»ga qarshi o‘yinlarni muxlislar qatorida o‘tkazadi.