2007 yilning noyabrida obro‘li jurnal - World Soccer tomonidan jahonning eng istiqbolli 50 nafar yosh futbolchisi aniqlangan va ularning kelajaklari yorqin bo‘lishi taxmin qilingandi.
Mana, oradan 10 yil o‘tdi. Xo‘sh, top-50 ko‘rinishidagi reyting nechog‘li to‘g‘ri chiqdi? Tabiiyki, World Soccer elit ro‘yxatga munosiblarni tanlash barobarida ayrimlarga baho berishda katta xatoga ham yo‘l qo‘ygan.
Chunonchi, bo‘lajak yulduzlar qatorida e’tirof etilgan yigitlarning ba’zilari chindan ham, yuqori darajaga ko‘tarilgan bo‘lsalar, bir guruh futbolchilar «nom-nishonsiz» chetga chiqishdi.
Deylik, o‘sha reytingda 2-o‘rinni egallagan o‘yinchi hattoki, Rossiyada ham to‘p surdi...
Kimlar ishonchni oqlashdi?
Garet BEYL. Uelslik futbolchi 18 yoshida endigina «Tottenxem» safiga qo‘shilgan va asta-sekin asosiy tarkibda maydonga tusha boshlagandi. Eng qizig‘i, «shporlar» Garetga chap qanot himoyachisi sifatida qarashgan.
Keyin haqiqiy parvoz kuzatildi - APLda qahramonliklar, CHLda «Inter»ga qarshi o‘yinda»xet-trik», 100 million yevroli transfer va «Real» bilan behisob sovrinlar...
To‘g‘ri, World Soccer tahlilchilari kelajakni aniq-tiniq ko‘rish xususiyatiga ega bo‘lishganida, Beylni o‘z ro‘yxatlarida 6-o‘rin emas, balki 1 yoki 2-pog‘onaga qo‘yishardi.
Serxio AGUERO. Xabaringiz bordir, argentinalik hujumchi yaqindagina «Manchester Siti» tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. Aytish mumkinki, agar jarohatlar xalaqit bermaganida, Serxio hozirgidan ancha ko‘p gol urardi.
Jurnal xodimlari garchi Agueroni o‘sha reytingning yuqori o‘nligiga kiritgan bo‘lsalarda, ularni ortiqcha maqtash shart emas.
Zero, Aguero 10 yil oldin «Atletiko» uchun gol ura boshlagan va Argentina milliy jamoasida debyutini nishonlashga ham ulgurgandi. Xullas, bunday yigitni e’tiborsiz qoldirish mumkin emasdi.
Anxel DI MARIYA. Haqli ravishda e’tirof etilgan yana bir argentinalik. Anxel «Benfika»da yana 2 yildan keyingina chinakamiga nur sochganini hisobga olsak, World Soccer uning iqtidorini oldindan sezgandek.
Ammo argentinalik yigitcha to‘p bilan shunday hunarlar ko‘rsatardiki, yorqin istiqbolga egaligini bemalol aytish mumkin edi. Deylik, o‘sha vaqtdayoq zargarona to‘p uzatishlarni qoyillatardi. Xullas, tengdoshlari orasida yaqqol ajralib turardi, xuddi Rikardu Kuarejma kabi.
Karim BENZEMA. DAVOMI