Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Serxio Ramos: «Avval ro‘xatga boq!»

Serxio Ramos: «Avval ro‘xatga boq!»

Baho:
+ | -

Navbatdagi «Oltin to‘p» nomzodlari ro‘yxatidan «Real»ning naq yetti nafar a’zosi joy olishdi. Tabiiyki, jamoa sardori ham ular orasida.

France Football sayti muxbiri Serxio Ramos bilan uchrashib, muvaffaqiyatlar bejiz emasligiga amin bo‘ldi. Mahoratli himoyachining fikricha, «Qirollik klubi»da bundan oldin hozirgidek ahillik kuzatilmagan.

«Hech narsa o‘zicha paydo bo‘lmaydi!»

- Yaqinda siz «Real»da erkatoy, arzanda futbolchilar to‘planishgan» qabilidagi gaplardan charchadim, degandingiz?

- Aynan takrorlaydigan bo‘lsam, quyidagicha fikr yuritgandim: «Biz haqimizda shunday ohangda gapirasizlarki, go‘yo Beverli Xillzda (Los-Anjelesdagi boylar shaharchasi) tug‘ilgandekmiz.

Bas qilinglar!». Men Sevilya yaqinidagi Kamas shaharchasida dunyoga kelganman. Hozir ham 20 yildan buyon taniydigan kishilardan farq qilmayman. Kimlar avlodidan ekanligimni unutmaganman.

Ammo ko‘pchilik «Real»dagilar uchun hamma narsa muhayyo, futbolchilar osmondan tushgandek tasavvur qilishadi. Yo‘q, hammasiga mehnat, mashaqqat, qiyinchiliklar evaziga erishganmiz. Hech narsa o‘zicha paydo bo‘lmaydi!

- Biroq siz nomdor futbolchilar safidasiz. Shunday emasmi?

- Qaysidir ma’noda haqsiz. Lekin yuqoriga ko‘tarilish va shu parvozni ushlab qolish o‘rtasida katta farq bor. Yuksak saviyali o‘yinchilar bilan anchadan beri yonma-yon to‘p suryapman. Bu esa oson emas.

- «Real»ning yetti nafar a’zosi «Oltin to‘p» da’vogarlari ro‘yxatidan joy olishdi. Jamoadoshlaringiz uchun mamnunmisiz?

- Albatta! Biz ahil jamoamiz. Har bir o‘yinchi jamoadoshining muvaffaqiyatidan xursand.

- «Oltin to‘p» mavzusida hazillashib turasizlarmi?

- Bo‘lmasamchi! Ayniqsa, yangi kelgan yoshlarni tinch qo‘ymaymiz. «Hoy, menga qara, sen avval ro‘yxatga boq, keyin nog‘ora qoq», deymiz (kuladi). Hazillar ko‘p...

Ammo yosh iqtidor sohiblari uchun foydali. «Real»ning qanday jamoa ekani, uning safida maydonga tushish uchun qanchalik ter to‘kish kerakligini bilib olishadi.

«Faxriylar esimni kiritib qo‘yganliklari kabi...»

- 2014 yili YECHLning «Atletiko»ga qarshi finalida siz hisobni tenglashtirmaganingizda, «Real» g‘alaba qozona olmagan, Ronaldu «Oltin to‘p»siz qolgan bo‘lardi... DAVOMI

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:40, 28.11.2017.
O'qildi: 8669 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик