Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyoda yetakchilar sirasiga kiradimi?

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyoda yetakchilar sirasiga kiradimi?

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyoda yetakchilar sirasiga kiradimi? Biz grandmizmi? Bu savolga javob berish mushkul. Bir tomondan, yetakchi emasmiz, deyishga til bormaydi.

Har holda, o‘zimizga hurmatimiz baland, qit’aning ikki karra eng yaxshi futbolchisi bizdan chiqqan. Ammo boshqa tomonlama maqtanadigan nimamiz bor? Kim bizni grand, deb tan oladi? O‘zimizdan bosh-qa, albatta...

DA’VO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi qit’amiz grandlari qatorida yurishga da’vo qila boshlaganiga ancha bo‘lgan. Uzoq 1994 yilda, hali o‘z kuchimizni chamalab olishga ham ulgurmasimizdan Osiyo o‘yinlarida g‘olib chiqqanimiz bizning foydamizga bo‘ldimi yoki zararga, buni endi aniq aytish qiyin. Chunki shundan buyon qit’a darajasida o‘tgan birorta musobaqada favoritlar qatorida qayd etilmadik. Kim aslida kim ekani esa 1996 yilda o‘tkazilgan Osiyo kubogidayoq ko‘rinib qoldi. Yodingizdan chiqqan bo‘lsa, eslatib o‘tamiz, qit’a birinchiligidagi eng yirik mag‘lubiyat ham aynan bizning termamizga tegishli (Livan-2000, Yaponiyadan - 1:8).

Shundan buyon O‘zbekiston terma jamoasining xalqaro arenalardagi obro‘yi keskin tushib ketdi. 1994 yilda qozonilgan g‘alaba esa faqat bizning yodimizda qolgan. Boshqalar allaqachon unutib yuborishdi, faqat o‘zimiz o‘sha yoqimli xotiralar bilan yashayapmiz. Eng katta kamchiligimiz ham shu bo‘lsa kerak, hoynahoy.

Hammasi 2011 yilda o‘zgarib ketishi mumkin edi. O‘sha yili Qatarda tashkillangan qit’a birinchiligida O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixidagi eng yorqin o‘yinini namoyish etgandi.

Biz ham nihoyat, oyning qorong‘u qismi tugab, yorug‘ 15 kunlikka yetib olganimizga ishona boshlagandik. Ammo bu taassurot ham aldamchi ekan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Qatarda o‘tgan musobaqada ham grand bo‘lmagan ekanmiz.

Shunchaki, avvaldan mag‘lub etib yurgan raqiblarimizdan ustun kelgan ekanmiz, xolos. Yagona farq - chiroyli g‘olib chiqishni o‘rganib olganimiz bo‘ldi. Biroq bu ham uzoqqa bormadi, tezda yana avvalgi O‘zbekiston terma jamoasini ko‘rdik. Oxirgi ikki yilni esa eslaging ham kelmaydi.

YANGI DAVR

Nihoyat, yangi davr boshlanganini e’lon qilishdi. Biz buni uzoq kutdik. Avval yoz kelishini, keyin esa kuz. Aniqrog‘i, 10 sentyabrni. O‘FFda rahbariyat o‘zgargach, kutganlarimiz kelgandek ko‘rindi.

Shaffoflik haqida gap-so‘zlar eshitdik, hamma ochiq muloqotga chaqirildi. Federasiya mutasaddilari ham ishga jadal kirishishdi.

Umid Ahmadjonov qisqa fursat davomida turli davlatlarga safar uyushtirdi, hamkorlik bo‘yicha memorandumlar imzolandi. Buning natijasi o‘laroq, «Barselona» afsonasi Karles Puyol yurtimizda mehmon bo‘ldi.

Ishonamizki, bu hali boshlanishi va shu kabi tadbirlardan hali ancha-munchasini ko‘ramiz. Ammo o‘zbek futbolini rivojlantirish uchun shuning o‘zi yetarlimi?

Hozir Professional futbol ligasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida gapirishga erta. Bu mavzuda faqat ikki yildan so‘ng, islohotlar natijasi ma’lum bo‘lgandan ke-yingina fikr bildirish mumkin.

Hozir biz uchun zarardek ko‘rinayotgan narsalar aslida foydali bo‘lib chiqishi ham hech gap emas. Bilmaganimiz haqida tusmoldan gapirmagan ma’qul. Shuning uchun keling, bilganlarimiz haqida fikrlashaylik.

BILGANLARIMIZ

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:34, 29.11.2017.
O'qildi: 5934 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.