Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem 0-3 Chelsi
21/09 17:00 Metallurg 3-2 Paxtakor
21/09 17:00 Valyadolid 0-0 Real Sosyedad
21/09 17:30 Liviya 0-8 Ispaniya
21/09 17:30 Qozog‘iston 10-0 Yangi Zelandiya
21/09 18:00 Venetsiya 2-0 Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa 3-1 Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem 3-1 Nyukasl
21/09 19:00 Lester 1-1 Everton
21/09 19:00 Tottenhem 3-1 Brentford
21/09 19:00 Liverpul 3-0 Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton 1-1 Ipsvich
21/09 19:15 Olimpik 0-3 Dinamo
21/09 19:15 Osasuna 2-1 Las-Palmas
21/09 20:00 Angola 5-9 Argentina
21/09 20:00 Ukraina 4-1 Afg‘oniston
21/09 21:00 Yuventus 0-0 Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas 0-0 Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya 2-0 Jirona
21/09 23:45 Lechche 2-2 Parma
22/09 00:00 Real Madrid 4-1 Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina 2-1 Lasio
22/09 17:00 Xetafe 1-1 Leganes
22/09 17:30 Marokash 1-4 Portugaliya
22/09 17:30 Panama 8-3 Tojikiston
22/09 18:00 Brayton 2-2 Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa 1-2 Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao - Selta
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka

20 yil: 175ta o‘yin yoxud Janluiji Buffon faoliyatiga nazar

20 yil: 175ta o‘yin yoxud Janluiji Buffon faoliyatiga nazar

Baho:
+ | -

JCH-2018 yo‘llanmasidan mahrum bo‘lgan Janluiji Buffon ko‘z yoshlarini tiya olmay, Italiya terma jamoasi safidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.

Soccer.ru taniqli posbon faoliyatidagi e’tiborli voqealar haqida hikoya qildi.

1997 yil 29 oktyabr (debyut)

Bundan roppa-rosa 20 yilu bir oy muqaddam Buffon Italiya termasidagi debyutini nishonlagandi. Qizig‘i, uning xalqaro arenadagi faoliyati aynan JCH arafasidagi uchrashuv bilan boshlangan.

O‘shanda «moviy gvardiya» Moskvada Rossiya milliy jamoasi bilan kuch sinashgandi. 19 yoshli «Parma» posbonining muhim bellashuvda maydonga tushishiga asosiy darvozabon Janluka Palyukaning jarohati sabab bo‘lgandi.

Majburiy o‘zgarish tufayli bir soatdan ko‘proq vaqt davomida o‘ynagan Jiji ko‘plab «seyv»larni namoyish etdi, lekin Kannavaroning xatosi tufayli yuzaga kelgan avtogol uni ilk marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishga majbur etgandi.

To‘g‘ri, omadsizlikdan ikki daqiqa avval Vyeri Ovchinnikov darvozasini zabt etib, mehmonlarni oldinga olib chiqqandi. Shu tariqa Italiya safardan ijobiy natija (1:1) bilan ortga qaytgandi.

Neapoldagi javob uchrashuvi esa mezbonlarning kichik ustunligida (1:0) yakun topib, mundial eshiklarini ochib bergan. Biroq Buffon bu bahsda maydonga tushmadi - Chezare Maldini tajribaliroq Perussiga ishonch bildirgandi.

Jijining ikkinchi marta maydonga tushishi yarim yildan keyin (Paragvay, o‘rtoqlik o‘yini), rasmiy uchrashuvi esa bir yildan so‘ng (SHveysariya, Yevro-2000 saralashi) yuz berdi.

Ilk mundial. JCH-1998 (zaxirada)

Fransiyadagi JCH-98 arafasida Buffon Palyuka va Perussidan ke­yin uchinchi darvozabon sifatida «moviy gvardiya» safidan joy olgandi. Perussi jarohatlangach, Buffonning imkoniyatlari ancha oshdi.

Uchinchi darvozabonlikka Pyuldoni olishdi. Palyuka esa Italiya termasining barcha uchrashuvlarida to‘liq ishtirok etib, o‘rinbosarlarga imkon bermadi.

Yevro-2000 (bosh posbon)

JCH-98dan keyin terma jamoa bosh murabbiyligi Chezare Maldinidan Dino Zoff ixtiyoriga o‘tdi.

Aynan shu afsonaviy darvozabon davrida Jiji qit’a birinchiligidagi 8ta uchrashuvning yettitasida maydonga tushdi, Italiya guruh g‘olibi bo‘ldi. Shundan buyon Buffon mamlakatning asosiy darvozaboni maqomini hech kimga bermadi.

2000 yil 3 iyun. Oslodagi xosiyatsiz oqshom

Tabiiyki, navbatdagi Yevropa chempionatida «skuadra adzurra» sharafini darvozada Buffon himoya qilishi kerak edi. Ammo faoliyatidagi dastlabki turnir arafasida Jijining qo‘li sinib qoldi.

Oqibatda Norvegiya terma jamoasi bilan bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvi juda qimmatga tushdi - Yevro bellashuvlarini TV orqali ko‘rishga majbur bo‘ldi. Belgiya-Gollandiya yashil maydonlarida uning o‘rniga Franchesko Toldo javlon urdi.

Tan olish kerak, Chesko turnirni ishonchli o‘tkazdi, ayniqsa, musobaqa mezbonlaridan birini finaldan mosuvo etgan bahsda yuksak mahorat namoyish etdi. Biroq Italiyaning shohsupaga ko‘tarilishi uchun bitta «seyv» kamlik qildi.

Jijini musobaqadan mahrum qilgan jarohat u terma libosida 15 marta maydonga tushganida yuz bergandi. Nufuzli musobaqaning alamzada tomoshabiniga aylangan Buffon o‘sha damlarda uni oldinda milliy jamoadagi 160ta uchrashuv kutayotganini bilganmikan?

2-mundial. JCH-2002 (koreyscha «mo‘’jiza») DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 07:37, 29.11.2017.
O'qildi: 3728 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.