Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem 0-3 Chelsi
21/09 17:00 Metallurg 3-2 Paxtakor
21/09 17:00 Valyadolid 0-0 Real Sosyedad
21/09 17:30 Liviya 0-8 Ispaniya
21/09 17:30 Qozog‘iston 10-0 Yangi Zelandiya
21/09 18:00 Venetsiya 2-0 Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa 3-1 Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem 3-1 Nyukasl
21/09 19:00 Lester 1-1 Everton
21/09 19:00 Tottenhem 3-1 Brentford
21/09 19:00 Liverpul 3-0 Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton 1-1 Ipsvich
21/09 19:15 Olimpik 0-3 Dinamo
21/09 19:15 Osasuna 2-1 Las-Palmas
21/09 20:00 Angola 5-9 Argentina
21/09 20:00 Ukraina 4-1 Afg‘oniston
21/09 21:00 Yuventus 0-0 Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas 0-0 Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya 2-0 Jirona
21/09 23:45 Lechche 2-2 Parma
22/09 00:00 Real Madrid 4-1 Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina 2-1 Lasio
22/09 17:00 Xetafe 1-1 Leganes
22/09 17:30 Marokash 1-4 Portugaliya
22/09 17:30 Panama 8-3 Tojikiston
22/09 18:00 Brayton 2-2 Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa 1-2 Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao - Selta
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka

Gol mashina – Gerd Myuller faoliyatiga nazar

Gol mashina – Gerd Myuller faoliyatiga nazar

Baho:
+ | -

Germaniya futboli afsonasi “Gol mashina” Gerd Myullerning futbolchilik faoliyatiga nazar solib o‘tamiz.

Gerd Myuller 1945 yilning 3 noyabr sanasida tavallud topgan. 

“SV 1861”

Gerd 1963 yilda faoliyatini Germaniya quyi divizoni jamoasi hisoblanadigan “SV 1861”da boshladi.  Myuller debyut mavsumidayoq jahon futbolining kelajagi ekaniga hammani ishontira olgandi. Iqtidorli hujumchi chempionatda 31 ta uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozabonlarini 51 (!) marta ranjitdi.  Bunday fantastik natijadan keyin u Bundesliganing biror jamoasi safiga o‘tishi aniq edi.

“Bavariya”

Myuller “Bavariya”da 19 yoshidayoq paydo bo‘ldi va ushbu klub tarkibida tezda asosiy o‘yinchiga aylandi.  Keling yaxshisi uning Myunxenliklar tarkibidagi barcha mavsumlariga alohida to‘xtalib o‘tsak.

1965/66 yilgi mavsumda u Bundesligada o‘z hisobiga 15 ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Debyut mavsum uchun chakki bo‘lmagan natija!  Darvoqea,  u jamoasi bilan birga Germaniya kubogida zafar quchdi.

1966/67. Ushbu mavsum esa Gerdni Germaniyadagi eng kuchli hujumchiga aylantirdi.  Vunderkind chempionatda 28 ta gol bilan eng yaxshi to‘purarga aylandi.  Biroq “Bavariya” Bundesliga chempionligini qo‘lga kirita olmadi.  Shu bois Myuller ushbu to‘purarlik sovrinini u qadar yaxshi kayfiyat bilan qabul qilmadi.  O‘sha mavsum u jami 43 ta gol kiritgan edi.

1967/68.  Myuller bu mavsumda o‘z hisobiga 30 ta gol yozdirib qo‘ydi,  ammo “Bavariya” mavsumni sovrinsiz yakunlashga majbur bo‘ldi.  Ko‘pchilik “Bavariya” futbolchilaridan norozi edi,  faqat Gerddan tashqari albatta.

1968/69.  Nihoyat Myuller o‘z orzusiga erishdi.  Myunxen superklubi Bundesliga chempionligini qo‘lga kiritdi.  Myuller esa chempionatda 30 ta gol urib to‘purarlikni ham qo‘lga kiritdi.  Boz ustiga Germaniya superkubogi ham “FK Gollivud”ga nasib etdi.  Myuller ikkinchi bora Germaniyada “yil futbolchisi” deb e’tirof etildi.  Bundan oldin u 1967 yili aynan shunday sovringa ega chiqqandi.

1969/1970.  Ushbu mavsum “Bavariya” uchun omadsiz kechdi,  biroq Myuller uchun emas.  Gerd Bundesligada 38 ta gol urib rekord o‘rnatdi va chempionatning eng sermahsul futbolchisiga aylandi.  Shuningdek “oltin butsa” sovrini ham aynan nemis o‘g‘loniga nasib etdi.  Mavsum davomida urgan gollari soni esa 42 taga yetdi.  Ana shunday yuksak natijalar unga 1970 yilgi “Oltin to‘p”ni taqdim etdi.  Myuller faoliyatining eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilishda davom etayotgan edi.

1970/71.  Bu mavsumda Myuller Germaniya kubogida zafar quchdi.  Uning 10 ta goli esa kubok bahslaridagi eng yaxshi to‘purarga aylantirdi. 

1971/72.  Nihoyat “Bavariya” Bundesliga chempionligiga qaytdi.  Myunxenliklar hujumchisi Myuller chempionatda 42 ta gol kiritib,  o‘zining rekordini yangilab tashladi.  Bunday super natija unga o‘z faoliyatidagi ikkinchi “Oltin butsa”ni tuhfa etdi.  Myuller o‘sha mavsum jami 50 ta gol urdi.  Bu uning faoliyati davomidagi eng sermahsul mavsumi edi.

Davomi>>>

Kiritildi: 21:13, 29.11.2017.
O'qildi: 3131 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.