"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Nemanya Matich Angliya chempionati 14-turi doirasida "Uotford"ga (4:2) qarshi kechgan o‘yinda jarohat olgandi.
Mankunianliklar ustozi Joze Mourinyo "Arsenal"ga qarshi o‘yin oldidan Matichning ahvoli haqida ommaga e’lon qildi.
"Matich jarohat oldi va u qay darajada jiddiyligini bilmayman. Nemanya almashtirishni so‘radi, odatda u biror jiddiy sabab bo‘lmasa, bunday qilmaydi.
Nemanyaning mushaklarida qandaydir muammo borga o‘xshaydi. Ammo u bugungi uchrashuvda maydonga tusha oladi" — deydi Mourinyo.
Serbiyalik futbolchi uchrashuvning 54-daqiqasida zaxiraga olingandi.