Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Mirjalol Qosimov: «Ertaga faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz»

Mirjalol Qosimov: «Ertaga faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz»

Baho:
+ | -

Ertaga “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston kubogi-2017 final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bugun mazkur uchrashuv oldidan har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanning dastlabki qismida “Bunyodkor” bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va jamoa himoyachisi Rustam Ashurmatov ishtirok etishdi.

- “Bunyodkor” jamoasi final o‘yiniga juda jiddiy e’tibor qaratgan. Sababi ushbu sovringa so‘nggi bor ega chiqqanimizga ham bir necha yil bo‘lib qoldi. Qolaversa, ortda qolgan mavsumda chempionatda medallarsiz qoldik. Shuningdek, Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etish uchun ham Kubok finalida g‘alaba qozonmasak bo‘lmaydi.

Tarkibimizda yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ularning aksariyati hali sovrinlarga ega chiqmagan. Bu esa ulardagi ishtiyoqni oshiradi. Qolaversa, har qanday futbolchi ham faoliyati davomida turli sovrinlarga ega bo‘lishni istaydi.

Biz yaqinda “Lokomotiv”ga qarshi chempionat doirasida ham o‘yin o‘tkazdik. Bu jamoa – juda kuchli. Tarkibida mahoratli futbolchilar talaygina. Shu boisdan biz ertaga tezkor va aqlli o‘yin ko‘rsatishimiz talab etiladi. Agar bexato o‘ynasak, maqsadga yetamiz, - deydi Mirjalol Qosimov.

- Men faoliyatimda ikkinchi marta kubok finalida o‘ynayman. Birinchi safar mag‘lub bo‘lgandik. Bu safar faqat g‘alaba haqida o‘ylayapmiz. Umid qilamanki, muxlislarimizni sovrin bilan xursand etamiz, - dedi Rustam Ashurmatov. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 15:28, 03.12.2017.
O'qildi: 3745 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик