Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

«Qirollik klubi» qishda yangi darvozabon sotib oladi

«Qirollik klubi» qishda yangi darvozabon sotib oladi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi qishgi transferlar mavsumida katta ehtimol bilan o‘z safini yangi darvozabon bilan kuchaytiradi.

“Marca” nashrining xabariga ko‘ra, Bilbaoning “Atletik” klubi darvozaboni Kepa Arrisabalaga qishda faoliyatini davom ettirish uchun “galaktikos” tarkibiga borib qo‘shiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Real” klubi rahbariyati 23 yoshli darvozabonning “Atletik” bilan shartnomasida keltirib o‘tilgan 20 million yevroni to‘lashga tayyorliklarini bildirishgan.

Yosh iqtidorli posbon “Atletik” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmasligni aytib o‘tgan.

Madridliklar aynan shu vaziyatdan foydalanib, Kepaning agenti bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan.

Muzokaralardan so‘ng transferning amalga oshishi deyarli 80 foizga “Real” tomoniga hal bo‘lishga ulgurgan bo‘lib, Arrisabalaganing o‘zi ham faoliyatini Madridda davom ettirishga qarshi emas.

Eslatib o‘tamiz, “Real” klubi “Manchester Yunayted” darvozaboni David De Xea transferi borasida muvaffaqiyatsizlikga uchragandan so‘ng boshqa darvozabon qidirish ishlarini boshlab yuborgandi.

Bundan tashqari, “qirollik klubi” rahbariyati jamoaning ikkinchi darvozaboni Kiko Kasilyani qishgi transferlar mavsumida sotib yuborishlari haqida avvalroq ma’lum qilib o‘tishgan edi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, “Real”ning asosiy darvozaboni hisoblanmish, Keylor Navas jarohat olganidan so‘ng “Fuenlabrada”ga qarshi uchrashuvda maydonga qaytdi va o‘z darvozasidan 2 ta gol o‘tkazib yuborgandi.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 00:36, 04.12.2017.
O'qildi: 3608 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик