Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Bugun final. «Nasaf» va «Paxtakor» muxlislariga sabr tilaymiz

Bugun final. «Nasaf» va «Paxtakor» muxlislariga sabr tilaymiz

Baho:
+1 | -

Bugun O‘zbekiston kubogi finali, yil o‘yini hamda mamlakatimizdagi futbol mavsumini yakunlab beruvchi bahs bo‘lib o‘tadi.

Unda O‘zbekistonning amaldagi chempioni – “Lokomotiv” jamoasi OCHLga yo‘llanma olish uchun so‘nggi imkoni qolgan “Bunyodkor” bilan kuch sinashadi.

Amalda finaldagi mag‘lubiyat “temiryo‘lchilar” uchun hech qanday ma’noni anglatmaydi. Biroq “bunyodkorchi”larga bu uchrashuvdagi g‘alaba suv va havodek zarur.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bugungi uchrashuv “Paxtakor” va “Nasaf” jamoalari uchun ham juda muxim. Ular “Lokomotiv”ga muxlislik qilishadi. Agarda “temiryo‘lchilar” finalda g‘alabaga erishadigan bo‘lsa, “Paxtakor” OCHL saralashida O‘zbekistonning 3-jamoasi sifatida yo‘l oladi va Iordaniya jamoasiga qarshi bahs olib boradi. “Nasaf” esa OCHL saralashida mamlakatimizning 2-jamoasi bo‘lib o‘ynaydi.

Agarda hal qiluvchi bahsda “Bunyodkor”ning qo‘li baland keladigan bo‘lsa, ular O‘zbekistonning 2-klubi bo‘lib, OCHLning 3-saralash bosqichida ishtirok etadi. “Nasaf” esa o‘z maydonida Iordaniya chempioni bilan uchrashadi. “Paxtakor” xalqaro maydondagi uchrashuvlardan benasib qoladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning 2-jamoasi OCHLning 3-saralash bosqichida Qatar yoki Saudiya Arabistoni klubiga qarshi bahs olib boradi. 3-jamoamiz esa 2-saralash bosqichida Iordaniya klubini qabul qiladi. Agarda uchrashuvda g‘alabaga erishiladigan bo‘lsa, 3-saralash bosqichida yana bir qiyin uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Demak, bugungi O‘zbekiston kubogi finalida “Paxtakor” va “Nasaf” muxlislari “Bunyodkor”ning mag‘lubiyatini kutishi tabiiy.

“Bunyodkor” – “Lokomotiv” bahsi bugun soat 15:00 da Toshkentning “Bunyodkor” stadionida start oladi. Eslatib o‘tamiz, uchrashuvga kirish bepul!!!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:53, 04.12.2017.
O'qildi: 9274 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.