Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

OCHLda ishtirok etadigan uch jamoa nomi ma’lum. «Bunyodkor»dan esa antirekordni kutib oling!

OCHLda ishtirok etadigan uch jamoa nomi ma’lum. «Bunyodkor»dan esa antirekordni kutib oling!

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogining final uchrashuvi yakunlanganidan so‘ng Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasida 2018 yil O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan uchta klub nomi ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston klublari uchun OCHLdan “1+2” sxemasida (bir klub to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ikkitasi esa saralash orqali) yo‘llanma berilgandi.

O‘zbekiston chempionati va Kubogida g‘olib chiqqan “Lokomotiv” Osiyo Chempionlar Ligasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Oliy Ligada kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan “Nasaf” va “Paxtakor” jamoalari saralash bahslarida ishtirok etib, guruh bosqichiga chiqishga harakat qilib ko‘rishadi.

O‘zbekiston Oliy Ligasida 4-o‘rinni olgan va Kubokda  finalchi bo‘lgan “Bunyodkor” kelasi mavsum Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etmaydi.

OFK O‘zbekistonga “1+2” sxemasida (1 ta klub to‘g‘ridan-to‘g‘ri, 2 tasi esa saralash orqali) kvota ajratgandi.

Shunday qilib, ketma-ket 10 mavsum Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etib kelayotgan “Bunyodkor” o‘z tarixida ilk marotaba ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, “Nasaf” hamda “Paxtakor” saralash bosqichining so‘nggi bosqichida Qatar va Iordaniya klublariga qarshi bahs olib borishadi.

30 yanvar. “Nasaf” (O‘zbekiston) – “Al-Faysali” (Iordaniya).

30 yanvar. “Al-Garafa” (Qatar) – “Paxtakor” (O‘zbekiston).

Eslatib o‘tamiz, “Bunyodkor” stadionidagi uchrashuvning final hushtagi chalingandan so‘ng muxlislar to‘satdan maydonga yugurib chiqishgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, muxlislar sovg‘a uchun tarqatilgan to‘plarni birinchi bo‘lib olish maqsadida maydonga yugurib chiqishgan.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 21:48, 04.12.2017.
O'qildi: 12641 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.