Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Darvozabonning goli Gattuzoni hayratga soldi

Darvozabonning goli Gattuzoni hayratga soldi

Baho:
+ | -

3 dekabr kuni Italiya “A” Seriyasida 15-tur uchrashuvlari o‘tkazildi.
 
Kuni kecha “Milan” klubini qabul qilib olgan Jennaro Gattuzo shogirdlari safarda “Benevento” jamoasi bilan bahs olib borishdi.
 
Uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etilib, Gattuzoning “Milan”dagi debyuti yakunda omadsizlik bilan nihoyasiga yetdi.
 
E’tiborli tomoni shundaki, maydon egalari 2:1 hisobida ortda bora turib, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘nggi soniyalarida hisobni tenglashtirishdi.
 
15-turga qadar biror marta g‘alaba yoki durang qayd etmagan “Benevento” jamoasining o‘yindagi qahramoni darvozabon - Alberto Brinyoli bo‘ldi.
 
Aniqrog‘i, Brinyoli oxirgi soniyalarda jarima zarbasidan oshirilgan to‘pni bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi va  jamoasini muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
 
Bilamizki, futbol o‘yinlarida darvozabonlar tomonidan gol urish holati juda kam amalga oshiriladi.
 
Ayniqsa, “Benevento” darvozaboning  jamoasini halokatdan qutqarib qolishi tezlik bilan ijtimoy tarmoqlarda keng ommalashib ketdi va muxlislar voqeani iliq munosabat bilan qarshilashdi.
 
Italiya chempionati, 15-tur.
 
“Benevento” – “Milan” 2:2.
Gollar: Pushkash (50), Brinyoli (90+5) Bonaventura (38), Kalinich (57).
 
“Benevento”: Brinyoli, Gimsiti, Di Kyara (Gyamfi, 79), Letisia, Kosta, Kataldi, Chibsa, D'Alessandro, Memushay (Koda, 80), Parijini (Brinyola, 67), Pushkash.
 
“Milan”: Donnarumma, Bonuchchi, Romanyoli, Rodriges, Musakkyo, Bonaventura, Kessie, Borini (Abate, 60), Montolivo (Bigliya, 73), Suso (Sapata, 87), Kalinich.


 

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 11:29, 05.12.2017.
O'qildi: 5095 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик