Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Taylandga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Taylandga jo‘nab ketdi

Baho:
+ | -

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi shu yilning 30 noyabr kuni Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘iniga kirishgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

7 dekabrga qadar Toshkent temir yo‘llari muhandislari instituti stadionida mashg‘ulot olib borgan Ravshan Haydarov shogirdlari bugun Taylandga jo‘nab ketishdi.

Bosh murabbiy Taylandga ushbu futbolchilarni olib ketdi:

Darvozabonlar: Dilshod Hamroyev (“Navbahor”), Botirali Ergashev (“Paxtakor”), Rahimjon Davronov (“Mash’al”);

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov ("Bunyodkor"), Doston Tursunov (“Neftchi”), Islomjon Qobilov (“Bunyodkor”), Husniddin G‘ofurov (“Neftchi”), Abbosjon Otaxonov (“Navbahor”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Nodir Yo‘ldoshev (“Paxtakor”), Oybek Rustamov (“Qo‘qon-1912”);

Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov (“Nasaf”), Azizjon G‘aniyev (“Nasaf”), Javohir Siddiqov (“Qo‘qon-192”), Jasurbek Yaxshiboyev (“Paxtakor”), Doniyor Narzullayev (“Nasaf”), Sharof Muhitdinov (“Nasaf”), Xurshid G‘iyosov (“Bunyodkor”), Suhrob Nurulloyev (“Paxtakor”), Abdujamol Isroilov (“Neftchi”);

Hujumchilar: Azizbek Amanov (“Lokomotiv”), Zabihillo O‘rinboyev (“Paxtakor”), Bobir Abdixoliqov (“Nasaf”), Andrey Sidorov (“Qo‘qon-1912”).

U yerda vakillarimiz 9-15 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “M150 Cup-2017” xalqaro musobaqasida ishtirok etishadi. O‘zbekiston U-23 terma jamoasi a’zolari “B” guruhida Myanma va Vyetnam terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

“A” guruhidan esa Tayland, KXDR va Yaponiyaning 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat terma jamoalari joy olishgan. Eslatib o‘tamiz, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi kelasi yilning yanvar oyida Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 21:03, 07.12.2017.
O'qildi: 5088 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.