Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon - Mash’al
22/04 20:15 Buxoro - Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Taylandga yetib bordi

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Taylandga yetib bordi

Baho:
+ | -1
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Taylandga yetib bordi.

"M-150 CUP-2017" musobaqasi Taylandning Buriram shahrida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. Kecha tunda Toshkentdan yo‘lga chiqqan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun peshinda Buriramga yetib keldi va X2 VIBE BURIRAM mehmonxonasiga joylashdi.

Ayni vaqtda Taylandda ob-havo juda qulay bo‘lib, kunduzi 30-31 daraja issiq bo‘lib turibdi. Terma jamoa uzoq yo‘l bosib kelgani bois murabbiylar shtabi bugun yengil, tiklanish mashqlari bilan cheklanishni ma’qul ko‘rdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi “M150 CUP-2017” xalqaro musobaqasi “B” guruhida Myanma va Vyetnam terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. “A” guruhidan esa Tayland, KXDR va Yaponiyaning 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat terma jamoalari joy olishgan. Guruhda birinchi o‘rinni olgan jamoalar g‘oliblik uchun kurash olib borsa, ikkinchi o‘rin egalari bronza medallari uchun bahsga kirishadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 20:24, 08.12.2017.
O'qildi: 3903 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик