Dortmundning “Borussiya” klubi Bundesliga 15-tur doirasida “Verder”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Gap shundaki, “qovoqarilar” g‘alabasiz seriyalarini 8 taga yetkazishdi. Shulardan beshtasida dortmundiklar mag‘lubiyatga uchrashgan.
Eslatib o‘tamiz, Peter Bosh boshqaruvidagi “Borussiya” so‘nggi marta 30 sentyabr kuni “Augsburg” klubi ustidan 2:1 hisobida zafar quchgandi.
Ma’lumot uchun, “Borussiya” 15-turdan so‘ng 22 ochko jamg‘arib, Bundesliga jadvalida 7 – o‘rinni egallab turibdi va jamoa yana pastga qulashi mumkin.