Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

La-liga. «Barselona» safarda «Vilyarreal»ni taslim etdi

La-liga. «Barselona» safarda «Vilyarreal»ni taslim etdi

Baho:
+2 | -

Ispaniya premyerosi 15-turining bugunga belgilangan so‘nggi uchrashuvi o‘z poyoniga yetdi.

«Estadio de la Seramika» stadionida o‘tgan bahsda mezbon «Vilyarreal» chempionat peshqadami «Barselona»ni qabul qilib, ishonchli hisobda imkoniyatni boy berdi.

Anchagina sokin ruhda kechgan bahsda kutilganidek, mezbonlar asosiy urg‘uni himoyaga qaratib, vaqti-vaqti bilan qarshi hujumlarda o‘ynashdi.

«Barselona» mazkur holatda anchagina qiynaldi va birinchi bo‘limda aytarli jiddiy vaziyatlar yarata olmadi. Ikkinchi bo‘limda esa mehmonlar yanada faollashdi va taym o‘rtalariga kelib «Vilyarreal» bittaga kamaydi.

Aniqrog‘i, Daniyel Raba Serxio Busketsga nisbatan butsasining tag qismi bilan jiddiy tarzda tashlandi va hakam bu vaziyatda uni ayab o‘tirmadi.

Tabbiyki, bundan so‘ng mezbonlarning ishi yanada qiyinlashdi yoki bir kishi kam bo‘lib qolganligi sezilib qoldi.

72-daqiqaga kelib, Luis Suares ajoyib tarzda tashkil etilgan kombinasiyani chiroyli gol bilan yakunladi. Oradan 11 daqiqa o‘tib esa Lionel Messi mezbonlar himoyasidagi bo‘sh harakatdan so‘ng hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Shu tariqa, «Barselona» qiyinchilik bilan o‘z hisobidagi ochkolari sonini yana uchtaga ko‘paytirib oldi.

Ispaniyachempionati. 15-TUR

VilyarrealBarselona – 0:2 (0:0)

10 dekabr, «Estadio de la Seramika»

Gollar0:1 – 72 Suares, 0:2 – 83 Messi.

Vilyarreal: Asenxo, Alvaro Gonsales, Ruben Semedu (Kastilyexo, 48), Kosta, Ruis, Trigeros, Rodri Ernandes, Raba, Soriano (Rukavina, 64), Mario Gaspar, Bakambu.

Barselona: ter Stegen, Vermalen, Pike, Alba, Rakitich, Serdji Roberto, Paulinyo (Aleish Vidal, 68), Buskets (Andre Gomesh, 86), Denis Suares (Pako Alkaser, 58), Messi, Suares.

Ogohlantirishlar: Buskets (45), Bakambu (61), Alvaro Gonsales (86).

Chetlatish: Raba (60).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:34, 11.12.2017.
O'qildi: 7909 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик