Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Tite: «Neymar - qalbi toza yigit»

Tite: «Neymar - qalbi toza yigit»

Baho:
+ | -

Braziliya termasi birinchilardan bo‘lib Rossiyada o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Albatta, bunda jamoa bosh murabbiyi Titening xizmatlari beqiyosdir.

Adenor Leonardo Bachi yoki oddiy qilib aytganda, Tite «pentakampeonlar»ni 2016 yilning iyunida qabul qilib olgandi. O‘sha davrlarda jamoa inqiroz yoqasiga kelib qolgandi.

Terma o‘z yurtida o‘tgan mundialdagi sharmandali natijadan so‘ng o‘ziga kela olmayotgandi. Tite qo‘l ostida Braziliya termasi dastlabki uchrashuvini Ekvadorga qarshi o‘tkazgandi.

Keyinchalik qatorasiga yetti o‘yinda g‘alaba qozongan jamoa birinchi bo‘lib JCH-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Umuman olganda, Tite boshqaruvida bu terma 12ta o‘yin o‘tkazdi.

Shundan 10tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana ikki uchrashuvda durang qayd etdi. Yaqinda FIFA rasmiy sayti Tite bilan suhbat uyushtirdi.

- Agar faoliyatingizning eng yorqin xotiralari reytingini tuzsangiz, Braziliya termasining Parag­vay ustidan g‘alaba qozonib, JCH-2018 yo‘llanmasini naqd qilgan lahzalarini nechanchi o‘ringa qo‘yardingiz?

- Agar faoliyatimni 10 balli tizimda baholaydigan bo‘lsam, o‘sha lahzalarga 8 ball beraman. Mabodo jamoa­miz o‘z yurishini jahon chempionligi bilan yakunlasa, 10 ballga baholasa arziydi.

- O‘shanda o‘zingizni baxtli his qildingizmi?

- Dastlab yengil tortdim. Shundan so‘ng atrofga nazar solib, baxtli ekanimizga guvoh bo‘ldim. Bu Paragvay bilan o‘yinda boshlanib, Chiliga qarshi uchrashuvdan so‘ng nihoyasiga yetdi.

Chunki biz xarakter ko‘rsatib, saralash turnirida ishtirok etayotgan boshqa jamoalarga hurmatimizni namoyon etdik.

- Bir necha oy oldin Marselo «Biz Titedan minnatdor bo‘lishimiz kerak. Chunki u barchasini o‘zgartirib yubordi», degandi. Aynan nimani o‘zgartirdingiz?

- Umuman olganda, Marseloning gaplarini to‘g‘ri talqin qilish kerak. Aslida barchasiga futbolchilarning mehnatlari evaziga erishdik.

To‘g‘ri, natija uchun men javob beraman. Shtabimiz bilan amalga oshirgan ishlarimiz o‘z samarasini berganidan xursandman.

- Braziliya termasi Rio Olimpiadasida oltin medallarni qo‘lga kiritdi. Bu jihat jamoaga qanchalik yordam berdi?

- Olimpiya o‘yinlari Neymar, Markinyus, Gabriel Jezus va Renato Augusto kabi futbolchilarning tajribalari oshishida ancha yordam berdi.

Yakunda ular Braziliya milliy jamoasining bir bo‘lagiga aylanishdi. Aynan shu futbolchilar olimpiyachilarning bosh sovrinni qo‘lga kiritishlarida muhim rol o‘ynashdi.

- Bunday yuqori darajani bir necha oy ushlab turishga qanday erishyapsiz?

- Iloji boricha terma o‘yinlari payti yuqori saviyasini ushlab turgan futbolchilarni chaqirishga urindik. Bunda natija haqida o‘ylamadik. Jamoani raqobatbardosh qilish payida bo‘ldik.

- Neymar bilan ishlash qanday kechdi?

- Uning bir o‘zini vaziyatga mas’ul qilish yaramaydi. Har bir futbolchi bilan suhbatda tegishlicha vazifalarni tushuntirishga harakat qildim. Tarkibda jahonning eng yaxshi uch o‘yinchisidan biri bo‘lsa, bu omadingiz kelganidan darakdir.

- Neymarning muxlislar bilmaydigan jihatlari bormi? DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 23:07, 12.12.2017.
O'qildi: 1917 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик