Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

O‘zbekiston MTJ JCH-2018 ishtirokchisi Marokash terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini bo‘yicha kelishuvga erishdi

O‘zbekiston MTJ JCH-2018 ishtirokchisi Marokash terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini bo‘yicha kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Marokash milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Uchrashuv 2018 yilning 27 mart kuni Marokashning Kasablanka shahrida bo‘lib o‘tadi.

2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati oldidan FIFA kunlari faqat mart oyida mavjud.

Tabiiyki, bu kunlarda JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan jamoalar kuchli raqiblarga qarshi bahs olib borishga harakat qilishadi.

O‘zbekiston futbol federasiyasi tarixda birinchi marta bevosita Jahon chempionati oldidan mundial qatnashchisi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Ma’lumot uchun, Marokash terma jamoasi 2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bo‘lib, “B” guruhida Portugaliya, Ispaniya va Eron terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Fransiyalik mutaxassis Erve Renar shogirdlari JCH saralashining “S” guruhidagi so‘nggi o‘yinda Kot d‘Ivuar terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. So‘nggi bor marokashliklar 1998 yil Fransiya jahon chempionatida qatnashgan. Marokash terma jamoasi tarkibida Mexdi Benatiya, Muborak Bussufa, Nabil Dirar kabi mashhur futbolchilar to‘p suradi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 13:03, 13.12.2017.
O'qildi: 6467 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик