Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

“Misrlik Messi” yoxud “Buyuk fir’avn”: uni nega harbiy xizmatga chaqirishmagan?

“Misrlik Messi” yoxud “Buyuk fir’avn”: uni nega harbiy xizmatga chaqirishmagan?

Baho:
+1 | -

Hatto misrlik eng optimist muxlis ham 1990 yilda navbatdagi hasrat yana salkam o‘ttiz yil davom etishini tasavvur qilolmasdi. Gap shundaki, Misr terma jamoasi o‘shanda 56 yil deganda Jahon chempionatiga chiqqandi. Biroq omadsiz o‘yinlari bilan darrov ortga qaytgan terma jamoaning hasrati bu gal 28 yil davom etdi. Nihoyat, mana, ular yana Jahon chempionatida. Kimning sharofati bilan?

Misr terma jamoasi oxirgi marta 1990 yilda, Italiyada o‘tkazilgan mundialda qatnashgandi. O‘shandan so‘ng garchi Afrika Millatlar Kubogida to‘rt karra chempion bo‘lgan bo‘lsa-da, biroq JCHga chiqolmadi. Aksincha, bu yil “fir’avnlar o‘lkasi” qit’a birinchiligida kumush medal olgan bo‘lishiga qaramay, misrliklar bundan xafa emas. Chunki terma jamoaning ayni damdagi yetakchisi muxlislariga olam-olam quvonch ulashib, terma jamoasini Rossiyada o‘tkaziladigan JCHga olib chiqdi.

Futbol — jamoaviy o‘yin. Ammo har qanday jamoaga, albatta, lider kerak. Bitta bosh bo‘lmagan har qanday jamoa tarkibi yulduzlardan tashkil topsa ham nodir hollardagini omadga erisha oladi, xolos. “JCH-2018”ning saralash musobaqasi so‘nggi turida Kongoni 2:1 hisobida mag‘lub etarkan, Misr milliy terma jamoasini JCHga olib chiqqan Muhammad Saloh yurtdoshlarining 28 yillik hasratiga chek qo‘ydi.

Gol urmasa, yig‘lardi…

Muhammad 1992 yilning 15 iyunida Misrning chekka Nagrig shahrida tug‘ilgan. Uning futbolga bolaligidan mehri bo‘lak ekaniga bir paytlari otasi Gali Saloh ham futbolchi bo‘lganini sabab qilib keltirish mumkin. 11 yoshida Muhammad “Al Mukavlun” jamoasi yoshlar tarkibida ilk saboqlarini boshladi. Dastlabki kunlardanoq u jamoa murabbiylarining e’tiboriga tushadi. Harakatchan, tezkor, ehtiyotkor, original driblinglar bilan Saloh o‘zining joyi — chap qanot yarim himoyasini tark etib, hujumga chiqib ketar, hujumlari esa ko‘pincha mahsuldor bo‘lardi.

Uning yarim himoyadan hujumga o‘tishining qiziq bir hikoyasi bor. Davomi

 

Manba: mazmun.uz
Kiritildi: 11:03, 14.12.2017.
O'qildi: 9109 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.