Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi Gabriel Batistuta faoliyatini yakunlaganidan keyin oyog‘ida bo‘lgan muammolari haqida gapirdi.
“To‘pig‘imda jiddiy muammolar bo‘lgani. Artrodez (odamni muvozanatini tiklovchi operasiya) – to‘g‘ri yo‘l edi. O‘rnimdan tura olmay qolgandim. Qattiq oriqlar his qilardim. O‘zimni huddi qamoqdagidek sezardim.
Miyam faqatgina shu og‘riq bilan bog‘lanib qolgandi. Hattoki vrachlarning oldiga borib, oyog‘imni kesib tashlashlarini so‘raganman”, — deydi argentinalik.
Batistuta ikki marta Kopa Amerikada g‘olib bo‘lgan, “Roma” safida Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan.