“Yuventus” jamoasi darvozaboni Janluiji Buffon yana bir sovrinni qabul qilib oldi.
Posbon Italiyada yil sportchisi nomini qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi La Gazzetta dello Sport. Marosim Milanda o‘tkazildi. Unda u yoshligidagi kumirini ko‘rdi, shuningdek, Iker Kasilyasdan tabrikni qabul qilib oldi.
Oldinroq aytilganidek, Andrea Belotti yil kashfiyoti, Jan Pyero Gasperini esa yil murabbiyi deb taqdirlandi.













