Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/02 00:45 Roma 3-0 Cremonese
23/02 01:00 Vilyarreal 2-1 Valensiya
23/02 22:30 Fiorentina 1-0 Piza
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona

Toni Kroos «el-klasiko» oldidan o‘z fikrini bildirdi

Toni Kroos «el-klasiko» oldidan o‘z fikrini bildirdi

Baho:
+ | -

"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos Ispaniya La ligasining 17-turi doirasida bo‘ladigan "Barselona"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Germaniyalik futbolchi jamoasining klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi g‘alaba navbatdagi "klasiko"ga ta’sir ko‘rsatmasligiga ishonmoqda.

"Mazkur o‘yin arafasida qandaydir g‘ayritabiiy hodisa yoki qo‘shimcha motivasiya shart emas. Albatta, yaxshi kayfiyatda Madridga qaytish yaxshi, ammo "klasiko" — bu juda muhim o‘yin. Avval qanday natija qayd etilgani muhim emas", – dedi Kroos.

Shuningdek, 27 yoshli futbolchi o‘zining formasini tiklab borayotgan Krishtianu Ronaldu haqida ham fikr bildirib o‘tdi.

"U maydonda bo‘lganida bizga yordam berishga harakat qiladi. Buni bilamiz. U gol urish uchun imkoniyat qidiradi. U klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining har ikkala bahsida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ronaldu biz uchun qanchalik muhim futbolchi ekanini ortiqcha eslatish shart emas", – dedi Toni Kroos.

"Real" va "Barselona" o‘rtasidagi o‘yin 23 dekabr kuni "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tadi.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 15:00, 17.12.2017.
O'qildi: 7073 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.