Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Vadim Abramov e’tirozini OAV orqali bildirib, xato qilgan. Aybini tan olsa, O‘FF uni kechirishi mumkin

Vadim Abramov e’tirozini OAV orqali bildirib, xato qilgan. Aybini tan olsa, O‘FF uni kechirishi mumkin

Baho:
+2 | -

O‘FF qarori bilan Farg‘onaning «Neftchi» klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov nomuayyan muddatga futboldan chetlatilgandi. «Gazeta.uz» shu masala yuzasidan O‘FF pozisiyasini bilishga harakat qildi.

Nomi e’lon qilinmagan O‘FF xodimining nashrga bayon qilishicha, Vadim Abramov o‘zining har qanday e’tirozini aynan O‘FF rahbariyatiga bildirishi kerak edi. Bu ishni mutaxassis OAV orqali amalga oshirib, xatoga yo‘l qo‘ygan. Avvalroq Vadim Abramov «Championat.asia» nashri orqali PFLning yangi — 12 klublik tizimga tezlik bilan o‘tilishini tanqid ostiga olgan bo‘lsa, futboldan chetlatilgach, PFL futbolchilardan talab qilayotgan normativ haqida keskin fikr bildirgandi.

Federasiyadagi manbaning aytishicha, nomuayyan muddatga futboldan chetlatilgan Vadim Abramov o‘z xatosini tan olib, tashkilot rahbariyatidan uzr so‘rasa, O‘FF uni kechirishi va futbolga qaytarishi mumkin.

Abramov yangi format haqidagi fikrini bayon qilganiga 1,5 oy bo‘ldi. Mana shu orada O‘FF nega qaror chiqarmagani borasida aniq fikrlar yo‘q. Qolaversa, Abramovdan keyin «So‘g‘diyona» bosh murabbiyi Igor Shkvirin, «Dinamo» ustozi Oleg Tyulkin ham keskin qaror borasida tanqidiy fikr bildirgandi.

«Neftchi» ustozi O‘FFda bo‘lib o‘tgan klub murabbiylari ishtirokidagi majlisdan so‘ng futboldan chetlatildi. O‘sha majlis va chetlatish haqidagi qaror orasidagi vaqt ichida Vadim Abramov OAV bilan suhbatda bo‘lmagan. Murabbiyning o‘zi ham nima sababdan chetlatilgani masalasidagi savolga O‘FFdagi yig‘ilish masalasi bilan javob qaytargan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:34, 18.12.2017.
O'qildi: 5737 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.