Londonning “Vest Xem” klubi bosh murabbiysi Devid Moyes Angliya liga kubogi doirasida “Arsenal”ga qarshi uchrashuvdan oldin dunyoning barcha jamoasida ishlay olishini aytdi.
“Biz ularning stadioniga nimalarga qodir ekanligimizni ko‘rsatish uchun keldik. Barcha futbolchilarga to‘g‘ri yo‘nalish berilsa, albatta barcha ishning uddasidan chiqsa bo‘ladi.
Dunyoning barcha klublarida ishlay olaman, deb o‘ylayman. “Vest Xem” esa ulardan biri”, - deydi Moyes.